Dayjest
30 june 2016

O‘zbekiston «jahonning obro‘li yo‘lchi yulduzi»mi?

Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davrida tahlillar, qarashlar borasida sukut saqlab, go‘ng bo‘lib o‘tirgan O‘zbekiston matbuoti nihoyat turli arboblaru sharhlovchilarning bu mashvaratga munosabatlarini e'lon qila boshladi.

Xususan, «Milliy tiklanish» gazetasi «XXR raisining O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan bo‘lishi hamda ShHTning Toshkent sammiti hamda mazkur tashrif va sammit doirasida o‘tgan ko‘plab yuksak darajadagi tadbirlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘ va nufuzi naqadar yuksalayotganidan yorqin dalolat ekani»ni bildirdi.

Aslida ShHT sammitlari har yili a'zo davlatlarning birida bo‘lib o‘tadi. Demak, bu sammitni o‘tkazish dunyo miqyosidagi qandaydir nufuz yoki obro‘ni anglatmaydi. Lekin ura-uraga o‘rgangan o‘zbek matbuoti uchun buning qizig‘i yo‘q. Madh uchun bahona topilsa bo‘ldi. Topilmasa, kerak bo‘lsa bahona ham yaratiladi.

Xullas, gazeta sammitga munosabat bahona tarixiy chekinish ham qiladi.

«Prezidentimiz ta'kidlaganidek, O‘zbekiston sobiq tuzumning asorati tufayli mustaqillikka erishgan ilk yillarda bir tomonlama shakllangan, faqat paxta xomashyosini yetishtirishga tayanib qolgan iqtisodiyotga ega edi, – deydi gazeta. – Paxta yetishtirish, oltin va nodir metallarni qazib olish bo‘yicha sobiq Ittifoqda eng yuqori o‘rinlarda bo‘lishiga qaramasdan, ularning qiymati, qaerga sotilayotganligi, olinayotgan foyda haqida umuman ma'lumot bo‘lmagan».

Bu so‘zlarni o‘z ketini o‘zi ochish, desa bo‘ladi nazarimizda. Chunki oltin va paxtadan qancha foyda olinayotgani, ularni kim sotayotgani haqida mustaqillikka erishgan O‘zbekiston rahbariyati ham xalqiga hech narsa aytayotgani yo‘q-ku. Faqat O‘zbekistonning qanchadir tonna oltini ortilgan samolyot Moskvada qo‘lga tushganiyu, egasi topilmagani uchun musodara qilingani to‘g‘risidagi mish-mishlarni eshitib qolamiz, xolos.

Gazeta O‘zbekistonning «huquqiy davlat, demokratik jamiyat, erkin va farovon hayot qurish… yo‘lida erishilgan yutuqlariga bugun butun dunyo havas qilayotgani»ni ta'kidlaydi.
Bu so‘zlarni o‘qib, dunyo uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib ket-ey, O‘zbekiston, deb yuboradi o‘quvchi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 november 2017
O‘zbekistonlik 1 milliondan ortiq mehnat migrantlari Sankt-Peterburgda ishlayotgani rasman tan olindi. Demak, RFning O‘zbekistonga masofa jihatdan undan-da yaqinroq poytaxti ...
25 february 2020
Shu kuni uyquga yotish e'lon qilinganidan so‘ng taxminan tungi soat 2 gacha uxlolmadim. Antonenkoning aslida kim ekanligi haqda bosh ...
18 august 2018
Muhammad Bekjonni 2000 yilning iyunida oynalari qoraytirilgan, “nam asfalt” rangli yengil “Ford” avtomobilida IIV yerto‘lasiga olib ketishadi. U Karimovdan ...
9 april 2019
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev poytaxt bo‘ylab 9 may kuni Rossiyaning «O‘lmas polki» yurishi o‘tkazilishiga 4 aprelda rasman ruxsat berdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...