Dayjest
7 july 2016

Bo‘z saylovchilari Ketmonovga o‘z muammolarini aytmadi

«O‘zbekiston ovozi» gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisi, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraktsiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovning Bo‘z tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvidan reportaj e'lon qildi.

Avvaldan aytib qo‘yaylik, maqolada biror joyda «deputat saylovchilarning muammolari bilan qiziqdi», degan so‘zni uchratmaysiz. Hatto «muammo» degan so‘zning o‘zi yo‘q. Buning o‘rniga deputat Ketmonov bechora saylovchilarni «mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi yangiliklar, tarixiy bunyodkorliklar haqidagi fikr-mulohazalari» bilan boqqan.
Bundan xulosa shuki, yoki saylovchining muammosi yo‘q, yoki saylovchilar Ketmonovga o‘z muammolarini aytgani bilan biror ish chiqmasligini biladi. Muammosiz tuman, shahar yoki qishloq bo‘lmasligini inobatga olsak, keyingi fikrimiz to‘g‘riroqqa o‘xshaydi.

H.Ketmonov uchrashuvda qonunchilikka oid gaplarni ham gapirib, yaqinda XDP «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘yicha Demokratik kuchlar bloki (parlamentimizda shunaqasi ham bor) ilgari surgan ayrim fikrlarga qo‘shila olmasligini bayon qilgani bilan maqtangan.
Mana shu e'tirozlardan biriga qisqagina to‘xtalamiz. XDP qonun loyihasida ijtimoiy himoya masalasiga e'tibor qaratilmagan, deb hisoblab, «Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mansabdor shaxslarining murakkab va noqulay iqlim sharoitlarida mehnat qilishini inobatga olib, ularni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini mustahkamlab qo‘yish zarur», degan taklif kiritgan.

Eh, Ketmonov, shu yerda ham mansabdorlarni o‘ylabdi. Undan ko‘ra, hayvonot dunyosini mansabdorlardan himoya qilishni o‘ylamaysanmi, nomard! Qo‘riqlanadigan joyda ham ov qiladigan o‘shalar, noyob hayvonlarni hech qanday javobgarliksiz otadigan ham o‘shalar-ku!

Xullas, maqolada deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi har tomonlama foydali bo‘lgani ta'kidlanadi.

«Saylovchilar yangi qonunlar haqida ko‘p ma'lumotlar oldi. Deputatimiz saylovchilar takliflarini eshitdi. Demak, bunday uchrashuvlardan hammamiz manfaatdormiz», deya xulosa qilinadi reportajda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan ëzadiganlar va pul berib, birovning ustidan ëzdiradiganlarga. Istisno o‘laroq, birovning ustidan ëzadiganlar qamrov katta bo‘lsin deya «bloger ëllab» o‘z ëzmishini tarmoqqa chiqarishni ham istaydi. Ammo uning «murodi hosil bo‘lmasa» nayzasi o‘tmas blogerning ustidan ham ëzishni boshlaydi.  Erinmay prokurordan ...
21 june 2017
Turkiya prezidentining tansoqchilari boshqarmasida ishlaydigan 24 yashar Ramazon O‘zchelik (Ramazan Özçelik)ning boshidan o‘q uzilgan jasadi O‘zbekiston vatandoshi Farida Bayramovaning ...
7 june 2018
Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Svetlana Yegorova ishtirokida majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening ...
26 april 2017
Stokgolm hujumchisi Oqilovning sherigi deya hibsga olingan 26 yoshli chechen yigiti ikki kunlik so‘roqdan keyin 25 aprel kuni qo‘yib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...