Asosiy mavzular
6 november 2016

Abdulla Oripovning janozasi amerikada o‘qildi

Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripovning janozasi o‘sha kuniing o‘zidaëq Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan. Eltuz.com manbasiga ko‘ra AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlari janozada ishtirok etmagan. AQSh dagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining dushanba kuni Oripovning yaqinlari bilan uchrashuvi haqida ma'lumotlar bor.

AQSh da vafot etgan O‘zbekiston qahramonining jasadi seshanba kuni O‘zbekistonga olib ketilishini ham Eltuz.com manbalari tasdiqladi. Manbalarga ko‘ra¸ shanba va yakshanba kunlari o‘lik jo‘natishga mutasaddi tashkilotlarning ishlamasligi mayitning O‘zbekistonga yuborilishini paysalga solgan.

O‘zbekiston rasmiy matbuoti va teleradiokanallarida shoirning o‘limi yuzasidan ta'ziya shanba va yakshanba kunlari bildirilmagan. Ba'zi yarim rasmiy internet saytlarini hisobga olmaganda o‘zbek matbuoti shoirning o‘limi haqida ikki kundan beri sukutda.

Ayni paytda shoirning Do‘rmondagi hovlisini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi yo‘lda obodonchilik ishlari ketmoqda. Yo‘l asfalt qilinib atroflarga gullar ekilgan.

Eltuz.com manbasiga ko‘ra Oriopvning Toshkentdagi uyiga muvaqqat prezident Shavkat Mirziëev kelish ehtimoli bois bu ishlar qilinmoqda.

Ayni manbaning aytishicha¸ muvaqqat prezident dohil o‘zbek rasmiylari imzo chekkan rasmiy ta'ziya dushanba kuni televideniya orqali eshittiriladi.

O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov Toshkentdagi chig‘atoy qabristoniga dafn qilinishi haqida ma'lumotlar bor.

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, vazirlik marhumning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etgan.

“Marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a'zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi”, deyiladi xabarda.

Ammo boshqa davlat saytlari xamon jim.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 april 2023
27 aprel kuni Iroqdagi “Rosafa” qamoqxonasida saqlanayotgan 44 nafar o‘zbekistonlik mahkuma ayollar O‘zbekiton Prezidenti Shavkat Mirziyoevga ularni yurtiga qaytarish ...
16 june 2017
Mardikorlar kasaba uyushmasini tashkil qilishga uringan faol Nuraddin Jumaniyozovning 2016 yilning 31 dekabr kuni 68 yoshida qamoqxonada vafot qilgani ...
4 march 2024
Sharifa To‘ychieva hokimning noqonuniy qarori bilan yeridan mahrum bo‘lgan yuzlab baxtsiz fermerlardan biri. Uning hikoyasidan anglashiladiki, qonun buzilishi prokuratura ...
25 november 2017
Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev 20 noyabr kuni ta'lim tizimi xodimlari bilan o‘tkazgan majlisida o‘qituvchilarga «oylik berishning yangi sharti»ni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...