Asosiy mavzular
18 november 2016

O‘zbek aël Turkiyada ozarbayjonlik tadbirkorga tuzoq qo‘yganlikda ayblandi

O‘zini avvaliga Sabrina deb tanishtirgan 22 yashar O‘zbekiston vatandoshi Mushtariy. S dugonasi asli ozarbayjonlik 23 yashar Latifa Mamedova bilan birgalikda gazlama biznesida nomi chiqqan ozari tadbirkorini shantaj qilib pul undirgani yuzasidan Turkiyada jinoyat ishi ochildi.

rasm2002
Ozarbayjonlik Latifa Mamedova

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, o‘zbek aël Mushtariy o‘z dugonasi Latifaning bir vaqtlar boy ozari tadbirkori bilan ishlaganidan habar topgach, uni dugonasi ko‘magida mehmonga chaqiradi.

Mustafo Tayët (Mustafa Tayat)ismli ozari tadbirkori ilgari birga ishlagan aëlning “bir finjon qahva ichish” taklifini qabul qilib Istanbulnig Yevropa qismida joylashgan Sarier mavzeidagi villaga boradi.

Villaga ularni ortidan uch nafar qora niqobli qurol ko‘targan kishi kelib ozari tadbirkorini oëq qo‘lini bog‘lab garovga oladi va oldiniga 3 million turk lirasi (bir million AQSh dollari) talab qiladi.

rasm2003
Turk tadbirkori Mustafo Tayët

Pirovardida qurolli kishilar tadbirkorning hamënidagi 10 ming lirani olib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishadi.

Bir muddatdan keyin qo‘llarini yechishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor politsiya chaqiradi. Tadbirkorning politsiyaga qilgan shikoyati Eltuz nashrida mavjud.

Mustafo Tayëtning iddaosiga ko‘ra, Latifa Mamedova ismli eski hamkasbi bilan kelgan O‘zbekistonlik aël shantaj tashkilotchisi bo‘lgan:

«U qimmat mashina haydab kelib o‘zini AQSh dagi boy aëlning qiziman. Onam siz bilan biznes qilmoqchi. Onam hozir Istanbulga kelgan, Sarierdagi villada sizni kutyapti, bir finjon qahva ichamiz deganidan keyin men eski hamksabim hurmati uchun borib tuzoqqa tushdim», deya shikoyat qilgan ozari tadbirkori.

Bu shikoyat ortidan qo‘lga olingan o‘zbek aëli o‘z jazmani tahdididan qo‘rqib bu ishga qo‘l urganligini politsiyaga bildirgan. Aël iddaosiga ko‘ra ozarbayjonlik biznesmenni garovga olib pul undirishga jazmani majburlagan.

Ayni paytda O‘zbekiston vatandoshi Mushtariy. S va Latifa Mamedova hibsda qolmoqda.

Bu Istanbulda o‘zbek vatandoshlari tarafidan sodir etilgan ilk jinoyat emas.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 november 2025
O‘zbekistonda ëmg‘ir so‘rab ommaviy duo o‘qilishi haqidagi lavhalar matbuot va blogosferada keskin tanqid va kulgiga sabab bo‘ldi. Qator xorijiy ...
20 june 2019
Respublika bosh prokurori Otabek Bahriddinovich Murodovning vazifasidan ozod etilgani va uning o‘rniga O‘zbekiston Senati raisi bo‘lib kelgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev ...
16 april 2017
Muholifatdagi “Birlik” partiyasi lideri, hozir AQShda yashaëtgan Abdurahim Po‘latov Turkiya vatandoshlariga murojaat qilib, yakshanba kuni Turkiyada prezident vakolatini uzaytirish ...
2 march 2021
Bir og‘aynim qo‘qqisdan men haqimda daholarcha bashorat qilib bunday deb qoldi: Kerak bo‘lsa, ming foiz kafolat beramanki, seni yurtimizda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...