Asosiy mavzular
22 december 2016

Bosh muharrir hokim jurnalistlarning og‘zini moylab turishi bilan maqtandi

«Hurriyat» gazetasida (21.12) bosma nashrlar haqida chop etilgan maqola sarlavhasini o‘qib, unda dolzarb masala ko‘tarilgan ekan, deb o‘ylashingiz mumkin.

«Rasmiy gazetalar o‘z obunachilarini topa olmaydimi?» sarlavhali bu maqola «Ba'zida odamlar o‘rtasida «Rasmiy gazetalar qiziqarli emas», degan fikrlarga guvoh bo‘lamiz», deya boshlanadi.

Ammo maqola davomida sarlavhaga chiqarilgan savolga javob topaman deb ovora bo‘lmang. Chunki uni o‘qiganingiz sari maqola muallifi, «Qiziltepa tongi» gazetasi bosh muharriri aslida bu niyatda qog‘oz qoralamagani oydinlashib boraveradi.

Buning o‘rniga, u o‘z gazetasining xaridorgirligi, xalqni qiziqtiradigan mavzularni yoritayotganiga e'tibor qaratib, mohiyatan o‘zini maqtashga o‘tib ketadi.

Maqtanish jarayonida muallif tuman hokimi har yili mustaqillik arafasida maxsus tadbir o‘tkazib, jurnalistlarning og‘zini moylab turishini bildirib qo‘yadi.

Bu e'tirofni o‘qiganingizdan keyin nega jurnalistlar amaldorlarni tanqid qilishga jur'at eta olmasligini anglaganday bo‘lasiz.

Chunki hokim har yili jurnalistlarni «faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alar» bilan taqdirlab turgandan keyin uni tanqid qilib bo‘ladimi?!

Yegan og‘iz uyaladi-ku axir!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 march 2019
Rossiyaning Yoqutiston respublikasida 36 yashar ayolning zo‘rlangani iddaolari ortidan markaziy osiyolik migrantlarga, jumladan o‘zbeklarga qarshi mitinglar, tahdidlar, to‘qnashuvlar avj ...
18 january 2026
Bekobodlik vaqtincha ishsiz bo‘lgan A. Asrankulov 2025 yil 19 noyabr kuni soat 20:00 larda o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan H.Utegenovaning ...
17 december 2025
17 dekabrda qanday  olamshumul voqealar yuz bergan va qanday buyuk shaxslar tug‘ilgan? Bugun bu haqda eng qisqa satrlarda Eltuzning ...
9 october 2019
Tarixga Gorbachyov hurriyati deya kirgan 1985 yildan 1991 yilgacha bo‘lgan davrda o‘zbek jurnalistikasida ko‘tarilish paydo bo‘lgani kuzatildi. Oshkoralik, demokratiya ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...