Kundalik
17 january 2017

Istanbul hokimi: Terrorchi O‘zbekiston vatandoshidir

Istanbul hokimi Vosip Shohin va Istanbul amniyat mudiri Mustafo Cholishqon 17 yanvar kuni matbuot anjumani o‘tkazib, qo‘lga olingan odamning O‘zbekiston vatandoshi Abduqodir Masharipov ekanligini aytishdi.

Moltepadagi reyd. Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Qo‘lga olish paytida bitta ham o‘q otilmagan. Masharipovning uyidan 197 ming AQSh dollari chiqqan.

IShIDga mansubligi aytilayotgan mazkur shaxsning laqabi Abu Muhammad Xurosoniy bo‘lgan.

Anjumanda ta'kidlanishicha, 33 yashar O‘zbekiston vatandoshi va etnik tojik Abduqodir Masharipov O‘zbekistonda ham qidiruvga berilgan.

Uning Afg‘oniston va Pokistondagi lagerlarda ta'lim olgani ham ta'kidlandi.

Aniqlanishicha, Masharipov Turkiya hududiga Eron orqali noqonuniy yo‘llar bilan o‘tgan.

Shu kunlarda kelib chiqishi Markaziy Osiëdan bo‘lgan 50 kishi ayni voqeaga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olindi.

Abduqodir Masharipov bilan birga qo‘lga olinganlar orasida bir iroqlik erkak, shuningdek Misr, Senegal va Somali vatandoshlari bo‘lgan ayollar borligi aytilmoqda.

Eltuz.com manbalarining aytishicha, Masharipov O‘zbekistonning Namangan viloyatidan bo‘lib, ikki farzandning otasidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 march 2016
30 mart kuni Chilonzor, 23-mavze uchastka noziri, sud ijrochilari va 10 ga yaqin, o‘zini tanishtirmagan fuqaro kiyimidagilar jurnalist 47 ...
25 june 2020
O‘zbekiston inson huquqlari forumi (Uzbek Forum) tashkiloti e'lon qilgan yangi hisobotda majburiy mehnatni bartaraf etishda erishilgan sezilarli olg‘a siljish ...
12 may 2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi rekord darajaga yetib – 65 milliard dollarga yaqinlashdi va bu qarzning katta ulushi byudjet uchun ajratilmoqda. ...
4 april 2018
«O‘zbekkontsert» davlat muassasasida 30 mart kuni san'atkorlar ishtirokida «To‘y-hashamlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda majlisda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...