Asosiy mavzular
20 march 2017

Turkiyada yirik islovot tarmog‘ini yaratgan o‘zbek ayoli qo‘lga olindi

18 mart kuni Turkiyaning turli shaharlarida 76 ta yashirin fohishaxona ochgan O‘zbekiston vatandoshi 36 yashar Madina Shukurova Istanbul Ota-Turk aeroportida Toshkentga uchib ketaëtganida ushlandi. Bu haqda turk matbuoti nashrlari xabar berdi. Foto: hurriyet.com

Madina Shukurova aëllarni qul qilib saqlab fohishalikka majburlash, yashirin islovatxonalar tarmog‘ini tashkil qilish, tanfurushlik va noqonuniy qurol saqlashda gumonlanib o‘tgan shanba kuni hibsga olindi.

Bundan oldin Shukurovaga oidligi tahmin qilingan 76 yashirin fohishaxonalar aniqlanib reyd o‘tkazilgan.

Reyd davomida Shukurovaning “islovot“ imperiyasini yuritgan 19 kishi qo‘lga olingan va ularning 3 nafari aëllardir.

Ulardan uchta to‘pponcha va o‘q dorilar musodara qilingan.

Istanbuldagi Eltuz muxbirining aniqlashicha, Turkiya politsiyasi keyingi ikki oy davimida Madina Shukurovani kuzatgan.

Eltuz muxbiriga ko‘ra, o‘zbek fohisha jallobi Shukurova tarafidan tanfurushlikka majburlangan 21 aël reyd mobaynida qutqarilgan.

Ularning hammasi Shukurovaga qarshi ko‘rsatma berishgan. Bu aëllarning aksari O‘zbekistondan kelganligi aniqlangan.

Ularning politsiyaga aytishicha, “Bola boquvchi enaga va kasal qarovchi kasblarida ishlash niyati bilan kelib Shukurovaning to‘riga tushishgan”.

Bu aëllar O‘zbekistonga deportatsiya qilinishini kutishmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 december 2015
Eltuz Mamadali Mahmudov bilan jurnalist Maloxat Eshonqulova qilgan videosuhbatning birinchi qismini e'tiboringizga havola qiladi.
12 april 2018
PosterUz
2 september 2016
Samarqand markazidagi qabriston O‘zbekistonni 27 yil boshqargan marhum hukmdorni dafn qilishga hozir. O‘zbekistondagi ”Eltuz” muxbiriga ko‘ra 1 sentyabrdan beri ...
21 january 2024
Rus shovinistlarining so‘nggi hurujlaridan hech qanday o‘zbek davlatchiligi yo‘qligi ayon bo‘layapti. Emishki Rossiya bu hududlarni bosib olganidan keyin bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...