Asosiy mavzular
10 september 2017

Qora ro‘yxatdan chiqarilgan Muhammad Bekjon yana olti oy nazoratda qoladi

Muhammad Bekjon va HRW vakili Stiv Sverdlov Xivada

9 sentyabr kuni XRV vakillari Xyu Uilyamson (Hugh Williamson) va Stiv Sverdlov (Steve Swerdlov) Xorazm viloyatiga borib, o‘tgan yili qamoqdan chiqarilgan siyosiy maxbus Muhammad Bekjon bilan uchrashdi.

Muxammad Bekjonning Eltuz muxbiriga aytishicha, suhbatda uning AQShdagi farzandlari bilan uchrasha olmagani, Karimov hukumati tortib olgan kvartirasi qaytarib berilmagani va boshka siyosiy maxbuslarning taqdiri muhokama qilingan.

Sobiq siyosiy maxbus Muhammad Bekjon qora ro‘yxatdan chiqarildi, ammo u yana olti oy nazoratda qoladi.

Bekjonning aytishicha, unga uch oy oldin pasport berilgan, uning ismi qora ro‘yxatdan chiqarilgan. Ayni paytda u 2018 yilning fevraliga qadar nazoratda (nadzor) qolib muntazam ravishda IIBda qayddan o‘tib turishi kerak.

Jurnalist Muhammad Bekjon 1999 yil fevralidagi portlashlarga oid nohaq ayblovlar bilan 17 yil qamoqda saqlandi. U o‘zbek muxolifati lideri Muhammad Solihning ukasidir.

2 sentyabrdan Xyuman Rayts Votch rasmiy delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lmoqda.

XRV Toshkent vakolatxonasi 2010 yili yopilgan edi. Bu tashrif, oldingi xalqaro tashkilotlarning tashriflaridan farqli ijobiy bir mujdadir.

O‘zbekistonda ishlashga izn berilgan Xalqaro tashkilotlardan farqli XRV mamlakatda Inson huquqlari bo‘yicha real muammolarni ko‘tarib kelayotgan yagona tashkilotdir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 march 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
7 january 2026
O‘zbekistonda harbiy xizmat barcha 18-27 yoshdagi erkaklar uchun majburiydir. Mehnatga haq to‘lash tizimi joriy etilgan bo‘lsa-da, yoshlar orasida chaqiruvga ...
14 december 2020
Vazifasidan vaqtincha chetlatilgan Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov ijtimoiy mediada chiqish qilib, bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevni korruptsiyada aybladi. Bosh ...
25 august 2016
O‘zbekistondagi barcha nashrlarda sportchilarimizning Riodagi Olimpiadadan Vatanga qaytib kelishiga bag‘ishlangan maqolalar e'lon qilindi. Albatta, O‘zbekiston sportchilarining Olimpiadadagi g‘alabalari xalqimizni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...