Asosiy mavzular
12 september 2017

Farg‘onada ham paxta kampaniyasi boshlandi

«Eltuz» nashrining Farg‘ona viloyatidagi manbalariga ko‘ra, tumanlarning uzoq hududlarida o‘qituvchi, shifokor va talabalardan tarkib topadigan terim otryadlari uchun yotoq joylari, non va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlab qo‘yilgan.

Maqolaning audio versiyasini tinglash:

«Bu yil o‘qituvchi va shifokorlar paxtaga chiqarilmaydi, deyilgan edi. Ammo asosiy ishchi kuchi – byudjet tashkiloti xodimlari», – dedi «Eltuz» muxbiri suhbatlashgan Farg‘ona viloyati hokimligida ishlovchi xodim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tez kunlarda o‘qituvchi va shifokorlar ommaviy ravishda terimga jalb etiladi. Shuningdek, viloyatdagi beshta oliy o‘quv yurti – Farg‘ona politexnika instituti, Qo‘qon pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti, TATU Farg‘ona filiali, TTA Farg‘ona filiallari talabalariga ham tayyor bo‘lib turish aytilgan.

Qo‘qon pedinstituti talabalari ham startda turishibdi. Ular haftaning oxirigacha ketishlari mumkin.

Universitet o‘qituvchilaridan birining «Eltuz» muxbiriga aytishicha, fakultetlarda ayrim kurs talabalari qolib o‘qishni davom ettirishi kerak.

Biroq bu hozircha aniq emas, ular 4 yoki 1-kurs talabalari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ommaviy paxta terimiga olib ketiladigan aniq kun va muddat ham noma'lum.

«Hozircha bir nima deya olmayman, direktorimiz baribir paxtaga chiqishimizni aytdi. Chunki cho‘l zonalarida terimchi-hasharchilar uchun allaqachon joy hozirlangan», – dedi maktab o‘qituvchilaridan biri.

«Eltuz» muxbiri suhbatlashgan muallimaning hokimlikda ishlaydigan turmush o‘rtog‘i ham bu yil o‘qituvchi va shifokorlar paxtaga chiqarilishini aytgan.

Shuningdek, Farg‘ona tumanlaridan birining tibbiyot birlashmasi rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, bu yerda avgust oyi oxirida yig‘ilish o‘tkazilgan.

«O‘shanda shifokorlar va o‘qituvchilar paxtaga chiqmaydi, deyishgandi. Ammo 7 sentyabr kuni yana katta yig‘ilish bo‘ldi va biz cho‘l zonasiga birinchi terim uchun 200 nafar xodim berishimiz kerakligi haqida topshiriq oldik. O‘sha kuni borib, yotoqdagi sharoitni ko‘rib keldik. Men zavxoz sifatida ikki kunda bir marta 200 kishiga 50 dona buxanka olib borishim kerak. Boshqa masalliqlar 15-20 kunga yetarli qilib qo‘yildi. Paxta yog‘i, makaron, guruch, tomat pastasi, shakar, mosh, loviya, yorma, no‘xat. O‘tgan yilgidek, fermer hasharchilarning tushligini qilib beradi. Nonushta va kechki ovqat tibbiyot birlashmasi hisobidan bo‘ladi», dedi xo‘jalik mudiri.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 march 2018
Prezident Mirziyoev tanqidi ortidan 15 mart kuni «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga ...
8 october 2025
Savol: Bugungi erkinlik,siyosiy turlilik va demokratiya darajasi 1991 yildagi xolatdan qancha uzoq?
23 january 2018
O‘zbekiston oltinini xorijga tashmalash Islom Karimov va uning atrofidagilar tomonidan hali mustaqillikning ilk yillaridan boshlangan edi. Mamlakatning birinchi va ...
25 december 2025
2020 yilning may oyida yuz bergan Sardoba suv ombori toshqinidan buyon to‘rt yildan ziyod vaqt o‘tdi. O‘shanda Toshkentdagi rasmiylar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...