Catira
20 december 2018

«Bojalar» endi «Yala» ansambliga aylandimi?

«Bojalar» guruhi solisti Jahongir Poziljonov 18 dekabr kuni siyqasi chiqqan «digidon-digidon» qolipidagi «Selfi» deb atalgan yangi klipini tarmoqqa qo‘ydi.

«Agar meni fikrimga qo‘shilsanglar, sizlar ham «Mening prezidentim» degan xeshteg bilan Instagram olamida atmetka qilishingiz mumkin», deya taklif qildi Poziljonov tarmoqdagilarga.

Biroq hatto prezident Mirziyoevg siyosatiga moyil qatlam ham Poziljonovning yangi klipini ijirg‘anish bilan qabul qildi.

«Sizni maqtagan odam sizning dushmaningiz ekaniga ishonamiz. Sizni ashaddiy dushmanlaringiz bilan tanishtiramiz», deya yozdi prezidentga taniqli jurnalist Karimberdi To‘ramurod «Selfi» klipini dalil o‘rnida keltirib.

«Men prezidentimizning ustidan Arkadag‘ning ustidan kulgandek kulishlarini istamayman», deya yozdi bloger Shahnoza To‘raxo‘jaeva Turkmaniston prezidenti shaxsiga shu yo‘sinda sig‘inilayotganiga sha'ma qilib.

Bundan ilgari, 2017 yilning 3 iyun kuni boshqa bir xonanda Dilfuza Ismoilovaning “Sultonimiz omon bo‘lsin!” deya nomlangan Mirziyoevga bag‘ishlangan qo‘shig‘i prezident devoni (bugungi kunda administratsiyasi) tomonidan taqiqlangan edi.

«Sen o‘zing siyosatni tushunmasang, mamlakatda bo‘layotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini bilmasang, nima qilasan siyosat xaqida ashula aytib? She'r deb bo‘lmaydi yozgan she'rini. Adabiyotning ostonasiga endi kirib kelgan odam ham bunaqa she'r yozmaydi!” degan edi o‘shanda «O‘zbekkontsert» birlashmasida maxsus majlis o‘tkazgan O‘zbekiston prezidenti devoni vakili Minhojiddin Mirzo.

Qo‘shiq muxlislari Jahongir Poziljonov kuylagan «Selfi» qo‘shig‘i satrlari saviyasi ham shundan ortiq emasligini aytishmoqda.

«Nemislar «Mening fyurerim!» yoki ruslar «Dohiy Stalin!» deya kuylashganida, millionlar qonini to‘kkan shaxsga sig‘inishgan. Poziljonov qo‘shig‘ida bor-yo‘g‘i kursiga sig‘inayapti. O‘zbekistondagi prezident kursisi ham mustabidlar o‘tiradigan shunday fetishga aylangan», deya fikrlaydi feysbuk yuzeri Muzaffar Qosimov.

Bugun «Mening prezidentim» deya kuylayotgan «Bojalar» guruhi solisti Poziljonov prezident Karimov o‘lgani haqidagi xabar tarqalgan 29 avgust kuni «Dodamiz o‘lmagan!» deya selfi tarqatgan edi.

Rassom Tuz


Eltuz.com
Tag‘in o‘qing
16 march 2020
O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning ...
11 january 2026
Farg‘ona viloyat chegara bojxona posti rahbari tadbirkordan 5000 dollar pora olayotganida qo‘lga olindi Rasmiy xabarlarda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida ...
4 may 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qozog‘iston va O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, ...
16 february 2017
15 fevral kuni, avtosanoatdagi korruptsiya bois ishdan ketgan va qamoqqa olingan “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari Tohirjon Jalilov lavozimiga qaytdi. Rossiyadagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...