Asosiy mavzular
6 march 2020

Prezidentga “Anjancha spektakl” qo‘yib bergan hokim yana bir lavozimni egalladi

O‘zbekiston Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi (MMA) Andijon viloyati bo‘limining navbatdagi konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Konferentsiyada assotsiatsiyaning Andijon viloyati bo‘limi rahbari va ijrochi direktorini saylash, viloyatda mazkur sport turi ommaviyligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Konferentsiyada assotsiatsiyaning viloyat bo‘limi rahbari lavozimiga ochiq ovoz berish yo‘li bilan ayni chog‘da viloyat hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Shuhratbek Abdurahmonov saylandi.

Shunday qilib, o‘tgan yilning 9 iyun kuni Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida energetika va sog‘liqni saqlash vazirlari hamda viloyat sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, turli tashkilotlar rahbarlarini o‘ta jirkanch, uyatli, haqoratli so‘zlar ishlatib so‘kkani ortidan “shuhrat qozongan”, shuningdek, 2019 yil 16 may kuni Andijonga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidentiga “Andijoncha spektakl” qo‘yib bergan Shuhratbek Abdurahmonov yana bir lavozimli bo‘ldi. 

O‘zbekiston Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi 2019 yilning noyabrida tashkil etilgan bo‘lib, unga mamlakat rahbarining bir vaqtning o‘zida bir necha mansabni, jumladan, Triatlon federatsiyasi raisi lavozimini egallagan ikkinchi kuyovi Otabek Umarov prezident etib saylangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 october 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi (26.10) shu nomdagi partiyaning parlamentdagi fraktsiyasi yig‘ilishida 2017 yilga mo‘ljallangan byudjetnoma – davlat byudjeti, davlat maqsadli ...
1 november 2024
Mana xafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman. Bir xafta ichida nimalar bo‘lmadi o‘zbekistonda. Keldi xush  gulgun zamon ...
12 march 2019
Toshkentda 8 mart kuni o‘tgan tadbirda prezident Mirziyoev yigirma sakkiz nafar qizga Zulfiya nomidagi davlat mukofotlarini topshirdi. Hali maktabni ...
20 december 2016
O‘tgan hafta birdaniga to‘rtta viloyat hokimi ishdan bo‘shatildi. Undan ilgari ham bir qancha eski amaldorlar yangilariga almashtirilgan edi. Tahlilchilarga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...