Asosiy mavzular
14 february 2025

Qudrat Bobojon: «Men hali o‘lganim yo‘q….»

Calom qadrli Eltuz muhlislari, bugun 13 fevral, men Qudrat Bobojon haliyam ta'tildaman. Eltuzning xavfsizlik masalalarini ta'minlash ishlari bilan shug‘ullanayapman. Ertalabdan bu ish bo‘yicha shved jamoatchiligi va huquq tartibot idoralari bilan uchrashuvlarim belgilangan edi. Bugungi videoga esa tushga yaqin men haqida tarqatilgan navbatdagi feyk xabar sabab bo‘ldi. Bu xabar mening avtohalokatga uchrab o‘lganim haqida.

Demak, shok xabar (qo‘shtirnoq ichida).

“Shveytsariyaning Tsyurix shahri politsiya departamentining xabariga ko‘ra, kecha 12 fevraldan 13 fevralga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan 23:52 da Eltuz nashri sobiq jurnalisti Qudrat Bobojon o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Renault Arkana” rusumidagi avtomobilda spirtli ichimlik tasirida tezlikni me'yoridan orttirib harakatlanishi natijasida avtohalokatga uchragan. Jurnalist 13 fevral soat 00:23 da Tsyurixdagi “Avliyo Pyotr” nomli shifoxonaga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga olingan. Shifoxona boshlig‘ining mahalliy «Neue Zürcher Zeitung» nashriga bergan bayonotiga ko‘ra ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan jurnalist orqa miya bosh chanog‘ining yopiq sinishi, ko‘krak qafasining ezilishi, qorataloqning yorilishi natijasida vafot etgan. Jurnalistning vafot etganligi holati yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz deyiladi Tsyurix shahar politsiya departamenti matbuot bo‘limi xabarida”.

Iqtibos tugadi.

Eng avvalo, ko‘rib turganingizdek, tirikman. Ikkinchidan, men Tsyurix shahrida emasman va umuman Shveytsariyada emasman.

Bu xabarni tarqatgan ahmoqlar mening Shveytsariyada emas Shvetsiyada yashashimniyam bilmaydi. Uchinchidan mening “Renault Arkana” rusumidagi avtomobilim yo‘q. Men umuman mashina ham haydamayman.

Yuqorida aytganimdek, men shved qirolliginining huquq tartibot idoralariga bugun tushga yaqin xabar berdim va bu intsedent ham politsiya departamenti tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan ilgari Eltuzga yutubdagi ikkita kanalimiz uzavtor deb atalmish idora ortidan uzluksiz streyklar sababli bloklanishi ortidan, kiber hujumga uchragan va 734 ming obunachiga ega bo‘lgan kanalimiz bloklangan edi.

Hozir men akkauntlarimni va kanalimni havfsiz bir tarzda qayta tiklash uchun harakat qilayapman va bu borada menga yuristlar, shved jamoatchiligi, huquq tartibot idoralari yordam bermoqda.

Tez orada yaxshi xabarlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Qudrat Bobojon

Eltuz Bosh muharriri

Tag‘in o‘qing
10 may 2018
Eramizdan oldingi VI-V asrlarda yashab o‘tgan, «Dao De Tszin» asarini yozgan qadimgi xitoy faylasufi Lao Tszi so‘zlari 9 mayni ...
20 july 2018
Nukus muzeyida 16 iyulga o‘tar kechasi zanglagan quvurdan oqqan suv mashhur futurist rassom Aleksandr Shevchenkoning «Chelak ko‘targan ayol» rasmiga ...
24 may 2021
Litva Bosh prokuraturasi Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga parvoz qilayotgan uchog‘i minalashtirilgani iddaosi bilan Minskda majburan qo‘ndirilishi va yo‘lovchilarga nisbatan ...
19 february 2016
Ertalab soat 9 ga belgilangan sud majlisi, soat 10 da boshlangani e'lon qilindi. Sudlanuvchilarning tashqarida kutib turgan yaqinlari, eshik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...