Asosiy mavzular
3 september 2025

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida ikki qirg‘iz fuqarosi otib o‘ldirildi

O‘zbekiston chegarachilari ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosini otib o‘ldirdi. Ular chegarani noqonuniy kesib o‘taetganda o‘ldirilgan. 

O‘zbekiston chegarachilariga ko‘ra, ularni to‘xtatishga urinilganda fuqarolar talablarga itoat etmagan va shu sababdan qurol qo‘llanilgan.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 25 avgust kuni Chotqol tumani Ayg‘ir-Jal qishlog‘ida yashovchi ikki kishi yo‘qolgani haqida huquq-tartibot in organlariga murojaat kelib tushgan. Keyinchalik, 28 avgust kuni ikki davlat chegara vakillari uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston tomoni 15 avgust kuni Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralari tutashgan hududda ikki noma'lum shaxs aniqlanganini bildirdi.

31 avgust kuni marhumlarning qarindoshlari O‘zbekistonga borib, jasadlarni tanib oldi. Ular ekspertiza uchun Qirg‘izistonga topshirildi.

Shuningdek, o‘ldirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mol-mulk — uchta ot va bir chodir ham qaytarib berilishi ma'lum qilindi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara xizmatlari 2 sentyabrdan boshlab ushbu holat yuzasidan qo‘shma tergov ishlarini olib boradi.

Eltuz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
7 november 2025
Supurgini tikka qilib qo‘yilsa, balo-qazo keladi degan irim bor. Shu bois uni ëtqizib qo‘yish lozim. Eng kamida uchi qiyshaymaydi. ...
5 july 2022
Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish loyihasi e'lon qilinganidan so‘ng meni, avvalo, 55-moddaga (erga egalik huquqi) kiritilishi belgilangan o‘zgartirishlar qiziqtirdi. Albatta, nazarimda, ...
21 november 2025
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Hokim o‘rinbosari bog‘chaga ishga kiritib ...
20 september 2015
“Hokimiyat tomonidan yerim noqonuniy tortib olib qo‘yildi” degan shikoyat bilan o‘tgan yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...