Kundalik
20 september 2015

Urlaeva qamoqqa olindi!

“Hokimiyat tomonidan yerim noqonuniy tortib olib qo‘yildi” degan shikoyat bilan o‘tgan yili Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Qamchibekov Sherzod ismli fermer “Alyans” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti yetakchisi Yelena Urlaevadan ko‘mak so‘rab kelgan edi.

To shu kunga qadar Yelena Mixaylovna fermer Sh. Qamchibekovning paymol bo‘lgan huquqlarini himoya qilib keldi. Qonunni nazorat qiluvchi yuqori idoralarga, jumladan, Respublika prokuraturasiga shikoyat arizalar kiritdi.

Bugun, 2015 yilning 19 sentyabr, shanba – dam olish kuni Sherzod Qamchibekov “Bizda daryo bor, baliq tutamiz” deya Urlaevani oilasi bilan “baliq ovi”ga taklif etadi.
Tabiatan ko‘ngli ochiq bo‘lgan ayol hech bir narsadan hadik qilmay, turmush o‘rtog‘i Mansur Masharivof bilan birgalikda Quyi Chirchiqqa daryo bo‘yiga chiqadi.

Urlaevaning telefon orqali tezkor va qisqa xabariga tayanadigan bo‘lsak, kech, taxminan soat 18.30 larda “qandaydir yo‘qolgan baliq tutuvchi qarmoqni o‘g‘irlaganda” ayblangan Yelena Urlaeva, Mansur Masharipof va fermer Sherzod Qamchibekovlar Quyi Chirchiq tuman IIB xodimlari tomonidan xibsga olinadi.

Ayni damda Ye. Urlaeva, M. Masharipov va Sh. Qamchibekovlar Quyi Chirchiq IIBsida, alohida-alohida kameralarda saqlanmoqda.

Qamoqqa olingan shaxslar bilan aloqa uzilgan.

O‘zbekistondagi huquq faollariga “Qamoqqa olish tadbiri uyushtirilgan bo‘lishi mumkin” degan taxminda.

Gumonimizcha, baliq oviga chiqqan Yelena Urlaevaga aslida, kuch ishlatar tizimlar qarmoq tashlashgan ko‘rinadi. Ko‘rinib turibdiki, bu gal kuch ishlatar tizimlarining qarmog‘iga kattaroq “o‘lja” ilingan.

Malohat Eshonqulova,
mustaqil jurnalist

Tag‘in o‘qing
12 february 2021
Minutlar, soatlar va kunlar o‘tib yana siz bilan muloqotdaman. Bugun 2021 yilning 12 fevrali. Bundan 140 yil avval Rossiya ...
22 february 2019
Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardaev «Eltuz»ga bergan intervyusida shahar hokimligi unga qarshi da'vo arizasi bilan fuqarolik sudiga murojaat qilgani ...
24 august 2018
Shvetsiyaning Telia transmilliy kommunikatsiya kompaniyasi sobiq boshqaruvchilari O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnoraning kasofatidan sud oldida javob berishga ...
15 december 2016
So‘nggi haftalarda Urganch suratlar galereyasidagi sirli taftish asnosida ëqilishga mahkum ikki dissident rassom asarlari matbuotga mavzu bo‘ldi. Agar diqqat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...