Dayjest
26 september 2016

Nomzodlikka munosib nomzod

«Adolat» gazetasi (20.09) «Adolat» sotsial demokratik partiyasi siyosiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tgani, unda partiyadan O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etadigan nomzod tanlab olingani to‘g‘risida kattagina reportaj e'lon qildi.

«Yurt taqdiriga daxldor tadbirda ishtirok etish siyosiy kuchdan katta mas'uliyat va puxta tayyorgarlikni talab etadi» degan umumiy sarlavha ostida chop etilgan lavha, asosan, «qizil» gaplardan iborat. Xuddi shu gaplarni boshqa siyosiy partiyalar gazetalarida ham u yoki bu shaklda, albatta, uchratasiz.

Masalan, saylov «demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi, xalqning xohish-irodasi erkin ifodalanishi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli ekani»ni so‘nggi vaqtlarda barcha gazetalarda o‘qiyapmiz.

Maqolada partiya saylovda g‘alaba qozonish emas, balki «partiyaning dasturiy g‘oya va vazifalarini amalga oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va kuchli fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga hissa qo‘shish, yana bir bor partiyaning xalqimiz orasidagi taniluvchanligini oshirishga asos bo‘lib xizmat qilishi» uchun ishtirok etayotgani ta'kidlanadi.

Gazetaning qariyb yarmini egallagan bu reportajning biror joyida «bizning nomzodimiz prezidentlikka munosib», deganga o‘xshash bittagina jumlani ham uchratmaysiz.

Buning o‘rniga, partiya yetakchisi Narimon Umarov «Adolat»ning navbatdagi qurultoyida «prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatish uchun eng munosib nomzod» ekani tinimsiz uqtirilgan.

«Milliy tiklanish» gazetasida (21.09) shu nomdagi demokratik partiya plenumi to‘g‘risidagi maqola yuzasidan ham yuqoridagi gaplarni aytish mumkin. Partiyadan prezident sayloviga nomzodi ko‘rsatilgan Sarvar Otamurodov haqida fikr bildirgan safdoshlari uning partiya rahbari sifatidagi faoliyatini tilga olish bilan cheklangan, xolos.

O‘zbek matbuoti bir xil tartibda o‘tadigan, natijasi oldindan ma'lum saylovlarga kirisharkan ijtimoiy tarmoqda prezidentlikka «navbatchi» nomzodlar hajv qilingan navbatdagi videolavhalar tarqalmoqda: https://youtu.be/S84s7DaymQo

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 july 2016
XIV asr oëqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “ë Ollox do‘st, ë Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
4 june 2025
54 yashar o‘zbek faoli va yutuber Yo‘lchiboy Ismoilov Uchko‘prik sudi tomonidan 23 may kuni uni jazolash uchun chiqarilgan hukm ...
27 june 2019
Yulduz Usmonova 27 iyun kuni yutub kanaliga qo‘ygan yangi videomurojaatida «Gulnora Karimovani sog‘indik» deya ijtimoiy tarmoqda aktsiya boshlagan san'atkorlarni ...
12 november 2018
Bugungi kunda o‘z maxsulotini mamlakat ichida muvaffaqaiyatli sotaëtgan “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ QKsi o‘z brendini turk kompaniyasiga boy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...