Vaqt mashinasi
15 december 2025

15 dekabr – Toshkentda jihozlangan kosmik kema Veneraga muvafaqiyatli qo‘ndirildi 

1970 yil 15 dekabrda Sovet Ittifoqining «Venera-7» kosmik apparati tarixda birinchi marta boshqa sayyora — Venera yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ushbu missiya Yerga Venera atmosferasi va yuza sharoiti haqidagi dastlabki ma'lumotlarni yuborgan dunyodagi birinchi voqea bo‘ldi. 

Venera sayyorasiga birinchi bo‘lib muvaffaqiyatli qo‘ngan «Venera-7» avtomatik stantsiyasi loyihalarida O‘zbekiston mutaxassislarining hissasi katta bo‘lgan. Toshkent muhandislari «Luna» va «Venera» avtomatik stantsiyalari uchun asbob-uskunalar va komponentlarni ishlab chiqishda qatnashganlar. Bu bilan O‘zbekiston Xalqaro kosmik dasturning passiv foni emas, balki faol ishtirokchisi bo‘lgan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti Xalqaro kosmik tadqiqotlarining muhim ilmiy markazlaridan biri bo‘lgan.

Toshkentda joylashgan Konstruktorlik Byurosi (KB) kosmik aloqalar va radioastronomiya uchun muhim hissa qo‘shgan. Toshkent KBsida diametri 10 metrgacha bo‘lgan transformatsiyalanuvchi (yig‘ilib-ochiladigan) antennalar yaratilgan. Bunday antennalar yig‘ilgan holda raketa-tashuvchining qopqog‘iga joylashtirilib, kosmosda ochilgan.

Bu ishlar SSSR, AQSh, Germaniya, Kanada va boshqa mamlakatlar ishtirok etgan xalqaro «Radioastron»dasturi kabi yirik loyihalar doirasida amalga oshirilgan.

Shunday qilib, 1970 yilda Toshkent nafaqat astronomik kuzatuvlar markazi sifatida, balki kosmik apparatlar va aloqa tizimlari uchun muhim texnologik komponentlar ishlab chiqaruvchi sifatida ham SSSRning kosmik yutuqlariga jiddiy hissa qo‘shgan.

Toshkent muhandislarining sa'y harakati natijasida «Venera-7″ kosmik kemasining sayyorvnv qo‘nishi garchi 23 daqiqa davom etgan bo‘lsa ham. sayyoraning yuqori bosimi (90 atmosfera) va yuqori haroratiga (475° C atrofida) dosh bergan va ma'lumotlarni yerga uzatgan.

Bu parvoz insoniyatning boshqa sayyoralarga qo‘nish sa'y-harakatlaridagi muhim bosqich hisoblanadi.

Tag‘in o‘qing
20 july 2016
Odatdagidek, bu ishga, ya'ni g‘o‘za nihollarini chekanka qilish ishlariga ham byudjet tashkilotlari xodimlari – bog‘cha opalar, o‘qituvchilar, shifokor va ...
23 march 2023
Salom qadrli muhlislar. Bugun 22 mart. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, ...
6 november 2025
Mirishkor tumanida mol va qo‘ylarni o‘g‘irlash holatlari sezilarli darajada oshgan. Bu haqida Eltuzga tuman aholisi xabar berdi. «Ayrim o‘g‘rilar ...
25 march 2017
Dollar narxi oshishi bilan ayniqca kartoshkaning narxi oshgani odamlarning noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...