UzPoster
30 november 2025

Yangiariq hokimligida «Qabul-shou»

Yangiariq tumani hokimligi matbuot xizmati navbatdagi “fuqarolar qabuli”ni katta tadbir sifatida targ‘ib qildi. Xabarga ko‘ra, hokim Z. Matnazarov, prokuror O. Eshchonov va soliq boshlig‘i O. Abdullaev “fuqarolar muammolarini hal etish” maqsadida jonbozlik ko‘rsatganlar.

Ammo Eltuzga kelgan suratlar bu “qabul”ning haqiqiy komediya ekanini ochiq fosh qildi.

Suratlarda “fuqarolar qabuli”da o‘tirganlar aholi emas, balki mahalla raislari deydi yangiariqlik Eltuz manbasi. Ular orasida hattoki Adliya bo‘limi xodimi ham bor. Manba suratdagi adliyachiga strelka qo‘yib, “mana, fuqarolardan biri”, deb hazil qildi.

Eltuzga ma'lumot yuborgan manba vaziyatni shunday izohladi:

“Ikkita yig‘ilishni bittaga urishtirib, “qabul” deb targ‘ib qilishga nima hojat? Shouning darajasi haddan ham past bo‘lib ketyapti.”

Matbuot xizmati esa har doimgidek senariy bo‘yicha ishladi: “Murojaatlar ko‘rib chiqildi, mas'ullarga topshiriq berildi, ayrim masalalar shu yerning o‘zida hal etildi…” Qolganini esa “nazoratga olib qo‘ydik” degan klassik jumla bilan yopib qo‘yishdi.

Ammo real voqelikda “qabul” deb ko‘rsatilgan tadbir — oddiy yig‘ilish. Faqat bu safar zalni aholi bilan to‘ldirishning iloji bo‘lmagan yoki hokimiyat xalq bilan uchrashishni istamaydi. Lekin kadrlarning fosh bo‘lib qolishi natijasida “qabul”ning qopqog‘i ochilib, ichidan oddiy byurokratik atala chiqdi.

Yangiariq tumani matbuot xizmati esa yana bir bor o‘z “mahorat”ini namoyon qildi. Axir, shunday fosh bo‘ladigan rasmlarni o‘ziyoq saytga qo‘yish uchun ham ma'lum darajada iste'dod kerak.

Tag‘in o‘qing
16 february 2022
Inson Huquqlari Bo‘yicha Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti (IPHR) Xotin-qizlarga nisbatan Kamsitishlarga Barham Berish bo‘yicha (CEDAW) Qo‘mitaning 2022 yil 15 va ...
29 november 2025
SOVYeT RYeJIMIGA ILK ShAPALOQ 1989 yil 7 yanvar kuni «Sovet O‘zbekistoni«, «Pravda Vostoka» va «Tashkentskaya pravda» gazetalari kaminaning Krujilin ...
23 september 2025
Axmad Beyjon Erjilasun Ahmad Beyjon zehnida bir e'tiroz to‘lqini ko‘tarilib, keyin g‘oyib bo‘lganini O‘g‘uz uning ko‘zlaridan o‘qidi. Yoki O‘g‘uzga ...
17 july 2024
Turkiyaning Koniya shahrida xorijlik ayollarni suratga olib, katalog yaratib fohishalikka majburlagan, kechasi 5-6 ming lira evaziga xaridor topayotgan tarmoqqa ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...