UzPoster
9 january 2026

Jizzaxda to‘ng‘iz ovida sherigini otib qo‘ygan ovchiga hukm o‘qildi

Jizzax viloyatida sherigini yovvoyi cho‘chqa bilan adashtirib, otib o‘ldirgan «ovchiga» hukm o‘qildi.

Samarqand viloyatida yashovchi 31 yoshli fuqaro uch nafar do‘sti bilan yovvoyi cho‘chqa ovlash uchun Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumaniga boradi. 

O‘ljani kutish paytida ov ishtirokchilaridan biri qamishlar orasidan chiqib kelayotgan sherigini yovvoyi hayvon deb o‘ylab otib qo‘yadi. 

O‘q jabrlanuvchining boshining orqa qismiga tegadi. Yarador erkak hudud yaqinidagi tibbiyot muassasasiga olib borilgan, ammo u voqea joyida vafot etgan bo‘lgan. 

Voqea o‘tgan yili oktyabr oyida sodir bo‘lgan. Sud joriy yil 7 anvarda yakuniy hukmni e'lon qildi.

Sudda ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, taxminan ikki yil davomida qonuniy asosda ovchilik bilan shug‘ullanganini va sherigini otib qo‘yish holati shunchaki ehtiyotsizlik, qasddan qilinmaganini aytgan.

Ovchi erkak Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilgan. Sud ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 1,5 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi, shuningdek, bir yilga ov qilish huquqidan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Xorazmda ota o‘g‘lini otib o‘ldirib, ov miltig‘idan kelin va nabirasini yaralagandi. Erkak mast bo‘lgan va oilasi bilan chiqisha olmagan.

Tag‘in o‘qing
13 september 2021
Eri, qaynatasi va qaynog‘asi qotillikda gumonlanib tergov qilinayotgan, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining Chandir qishlog‘ida yashovchi Munojat Egamova bunga ularning ...
9 april 2019
Yaqinda bir hamkasbim yangi tendentsiya, jurnalistlar o‘rniga robotlar kelayotganidan gap ochib qoldi. Bu allaqachon matbuotda qo‘llanilayotgan amal ekan. Dolzarb ...
12 october 2022
Indorama Agro kompaniyasining xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan O‘zbekistonda paxta yetishtirish loyihasi mehnat, fuqarolik va atrof-muhit huquqlarining buzilishi bilan ...
11 july 2018
Shu yilning 13 iyulidan O‘zbekistonda mashinalarning oynasini qoraytirishga izn beruvchi qaror loyihasi muhokamasi to‘xtatiladi. Loyihaga ko‘ra, 90 minimal ish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...