Asosiy mavzular
11 july 2019

«Vatan juda ketdi torayib, mardu maydonsiz»

Gulchehra Nurillaeva 1938 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan. 15 dan ortiq she'riy kitoblar muallifi. «To‘maris» xotin-qizlar harakatining asoschilaridan biri.

«Eltuz» «Ozodlik ohanglari» audioto‘plamiga kirgan she'rlarni taqdim etishda davom etadi. 2007 yili Soros jamg‘armasi tomonidan Londonda chop etilgan bu kitobga o‘z yurtida aksar taqiqlangan turfa shoirlarning ijtimoiy she'rlari o‘rin olgan.

Vatan juda ketdi torayib,
Mardu maydonsiz, ahli iymonsiz,
Taxtdan zabonsiz, va yana kurmaklar bois,
Hadeb chopaverar ko‘ppaklar bois,

Vatan juda ketdi kengayib,
Yolg‘onlar bilan,
Armonlar bilan,
Nolonlar bilan
Va yana
Qulliklar bilan,
Bizlar hech kutmagan Pulliklar bilan.


Taqdir sudraladi, shoshmaydi taqdir,
Sitam so‘qmoqlari uzundan-uzun.
Donishmand so‘zlari ehtimol, haqdir,
Qandayin xalq bo‘lsa, o‘shanday tizim.

Ko‘raverib bo‘ldi xayollarim talx,
Odamxo‘r, firibgar, yuho kaslarni.
So‘ramay haddim yo‘q, onajonim, xalq,,
Qachon tug‘aqolding bunday pastlarni?!

Qachon tug‘aqolding otabezori,
Onabezorilar sulolasini?
Haromi kimsalar makri, ozori
Yurtning bulg‘adi-ku piyolasini.

Shu bois bizlardan yuz burmish baror,
Shu bois Hurriyat ochmagay tal'at.
Shikasta Vatanning koriga yarar
Alplar o‘stirmagan ayolga la'nat!

Gulchehra Nurillaeva
«Ozodlik ohanglari»

Tag‘in o‘qing
29 may 2017
Ikki yildan beri Istanbulda yashab kelgan O‘zbekiston vatandoshi Shahnoza. K o‘zi bilan bir uyda istiqomat qiladigan ukasi 24 yashar ...
11 may 2018
O‘zbekistonning davlat monopolisti bo‘lgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi xususiylashtiriladi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi maslahatchisi Sardor Sa'dullaev 9 may ...
8 january 2026
1973 yilning 8 yanvar kuni sobiq Ittifoqning «Luna-21» avtomatik stantsiyasi Oy sari yo‘lga chiqdi. Uning asosiy vazifasi — Oy ...
24 october 2025
Esingizda bo‘lsa Ukrainaga qarshi urushning dastlabki fazasida o‘ris moradyorlari tomonidan o‘marilgan ukrain unitazlari memlarga aylangan edi. Rossiya fuqarolarining normal ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...