Asosiy mavzular
21 august 2019

Shoirlari kitob o‘qigani uchun tergov qilinadigan davlat

“Bu maktubni sizga ëzaëtgan paytimda xorazmlik adabiët ixlosmandlari viloyat IIB binosi oldida norozilik piketi o‘tkazib turibdi.

Ularning talabi o‘ta oddiy. Kitob o‘qigani ëki sumkasidan badiiy kitob chiqqani uchun qilinaëtgan tazyiqlarga nuqta qo‘yilishini istashadi.

Xorazm viloyatida kriminogen vaziyat ëmonlashgan bir paytda tergov boshqarmasi “kim Muhammad Solihning she'rini o‘qidi”, degan “jinoyat” taftishi bilan oylab shug‘ullanishi uyat, isnod va isrof.

Mashina o‘g‘rilari, kissavur va firibgarlik bilan bog‘liq o‘nlab jinoyatlar ochilmay ëtibdi.

Qotillik, nomusga tegish kabi jinoyatlar chandon urchigan bir paytda davlat pulini behuda sovurib, kim nima kitob o‘qidi, deya tergovchilarni band qilishi kulgili emasmi, janob general.

“Siësiy politsiya” bo‘lishning samarasizligini tushunasiz. Kitob o‘qigan odamning bolasisiz. Shu yurt shoiri Mahmud Rajab shu millatning ulug‘ shoiri Muhammad Solihning badiiy asarini o‘qigani jinoyat emasligini mendan ham yaxshi tushunasiz.

Kalendarga qarang, 2019 yil deb ëzilgan, 1937 emas.

Janob Po‘lat Bobojonov, soliqdan kelgan pulni behudaga sovurmang.

Davlat pulini jinoyatchilikni kamaytirishga¸ qotil va kissavurlarni ushlashga sarflang.

Men sizni tushunadigan odam deb bilib erinmay bu satrlarni ëzdim.

Internet asrida “falonchi pistiën kitob” o‘qibdi deb odamlar ta'qib qilinadigan mamlakat ochiq shaffof mamlakat emas.

Shoirlarni kitob o‘qigani uchun tergov qiladigan davlat erkin emas.

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 august 2025
Yandeks Dostavka xizmatida ishlaydigan haydovchi Kudratxon Shuxratxonovich Eltuzga murojaat yo‘llab, Yandeks va Soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi shubhali hamkorlik haqida ma'lum ...
28 september 2023
Bugungi mavzuimiz ko‘pchilik kutayotgan, bog‘chalarga tarqatilgan dori bois bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq muammolarga oid. Biroq voqeaning asosiy qahramonlaridan biri ...
8 january 2018
7 yanvar kuni prezident Mirziyoev Toshkentning Zangiota tumanidagi chiqishida «Abu Sahiy» MChJ «Toshkent Ipak yo‘li»ga o‘zgaritirilgach, davlatga 15 kunlik ...
2 november 2025
2018 yilning yanvarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ga aylantirildi. Lekin ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...