Asosiy mavzular
30 october 2019

Yozarning sasi: O‘zbekning paxtakorligiga achingan daho

Taniqli o‘zbek yozuvchisi Odil Yoqubovning bu fikrlari 2008 yilning iyunida mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov vafoti munosabati bilan «Ozodlik» radiosida yangragan edi.

«Chingiz Aytmatov ming yilda bir dunyoga keladigan buyuk daho edi. Shu bilan birga, u o‘zbekning dardini chuqur bilgan shaxs ham bo‘lgan», degan edi marhum o‘zbek yozuvchisi Odil Yoqubov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sovet davrining so‘nggi yillarida olti million tonna paxta yetishtirgan o‘zbeklar mehnatiga hayratlanish barobarida Chingiz Aytmatov xalqning azobini tasavvur qilgan va achinish bilan qaragan.

O‘zining «Ulug‘bek xazinasi», «Ko‘hna dunyo», «Diyonat» kabi romanlari bilan tanilgan Odil Yoqubov 1926 yil 20 oktyabrda hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatining Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 2009 yil 21 dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 february 2022
Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi butun dunyo uzra quyuq qora bulutdek bo‘lib turibdi. To‘satdan chaqmoq chaqib, to‘fon boshlanadigandek. G‘arb matbuotida bosh ...
4 october 2023
Etnomillatchi avom Xilton mehmonxonasidagi haykalni urkaltak sazoyi qilib ëtibdi. Sababi: Haykaldagi o‘zbek egilib turibdi ekan. Iddao: O‘zbek egilmasmish! Bu ...
21 may 2018
«Eltuz»ning Andijon shahridan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda institutlar soni bittaga kamaydi. 4 ta oliy ta'lim dargohidan biri – Andijon ...
23 february 2022
Bilgichlarning aytishicha, Igor Shepelning Shveytsariyadagi bankda 2 million 817 ming shveytsariya frankiga ega bo‘lgani ko‘plab o‘zbek chekistlarini shokka tushirgan. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...