Asosiy mavzular
23 april 2021

Sattoriyning advokatiga shantaj qilishga urinish bo‘ldi

Termizlik bloger Otabek Sattoriyning advokati Umid Davlatovning aytishicha, 2021 yil 19 martda jurnalistlarga intervyu berayotgan vaqtida unga nisbatan shantaj qilishga urinish bo‘lgan. 

Voqea Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudi binosi oldida, tovlamachilik, tuhmat va haqorat qilish moddalari bilan ayblangan Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisidan keyin sodir bo‘lgan.  

Advokatning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Sattoriyga oid jinoyat ishi yuzasidan asosiy jabrlanuvchi deb topilgan “bozorkom” Lochin To‘raev va u bilan kelgan 5-6 nafar erkak shantaj uyushtirishga uringan. 

– Sud jarayonlaridan chiqib intervyu berayotgan vaqtimda menga shantaj qilmoqchi bo‘lishdi,– deydi Umid Davlatov. – Bo‘lib o‘tgan voqea haqida Advokatlar palatasi Toshkent shahri hududiy boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildim. 

Mazkur voqea videosi “Eltuz”da mavjud. Unda Milliy gvardiyaning ikki xodimi Lochin To‘raevni advokatdan uzoqda tutishga urinayotgani, chetga olinayotgan “bozorkom” advokatga haqoratli so‘zlar aytayotgani aks etgan. 

Advokat Umid Davlatov ushbu holatni jabrlanuvchi tomonning Otabek Sattoriyni himoya huquqidan mahrum etishga urinishi, deya baholadi. 

U Advokatlar palatasiga taqdim etilgan arizasida o‘zining xavfsizligi ta'minlanishini, sud jarayonlarida huquqlari cheklanmasligini so‘ragan.

Shuningdek, arizada “31 yoshli Lochin To‘raev va u bilan birga kelgan 5-6 nafar shaxs tomonidan professional faoliyatiga qarshilik ko‘rsatilgani, qasddan haqorat qilingani, unga kuch ishlatishga suiqasd qilishga urinish harakatlari bo‘lgani” bayon etilgan. 

Advokatning bildirishicha, u Lochin To‘raev bilan kelganlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, ular sodir etgan noqonuniy xatti-harakatlarga qonuniy baho berilishini ham so‘ragan. 

Tag‘in o‘qing
15 april 2024
«Birlik» Xalq Harakati asoschilaridan biri, muxolifatchi, olim Abdurahim Po‘latov 78 yoshida AQShda olamdan o‘tdi. Abdurahim Po‘latov Karimov boshqaruv tizimining ...
8 october 2025
Savol: Bugungi erkinlik,siyosiy turlilik va demokratiya darajasi 1991 yildagi xolatdan qancha uzoq?
22 december 2025
Yenter Engineering kompaniyasi ishchilariga yana bir necha oylab maosh to‘lamayapti.  O‘z haqqini oylar davomida ololmayotgan ishchilar, mehnat xavfsizligi bilan ...
26 march 2019
O‘zbekistonlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajab 26 mart kuni ertalab 8.30 larda Gurjistonning Tiflis shahridan qaytayotganida Toshkent aeroportida o‘zbek ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...