Asosiy mavzular
26 january 2022

«Kechir, amma!» 3-qism. Bir chekim nos

Xolli qabristonni o‘ychan qiëfada tark etdi. Bir chekim nosni til tagiga tashlab, o‘yga cho‘mgan xolda, shahar bo‘ylab moshinani boshqarib ketdi. O‘zining moddiy tashvishlari unga mayda ko‘rindi. Ammasini esladi. Amma institutda olib qolingani va davlat unga kvartira bergan kunni esladi.

Xolli o‘spirin edi o‘shanda. Dehqonoboddan bir gala bo‘lib kelib To‘lg‘onoyga uy to‘yi qilib berishgan edi. Otasi Quvondiq bir qo‘yni so‘yib, archali tandir qilib, pishirtirib Toshkentga olib kelgandi. O‘sha paytda Gorbachev aroqni taqiqlagan davr edi. Xolli taksi tutib Zarafshon restoran tarafdan aroq topib kelgandi.

Aprel oyi edi. Yaqindagina ëmg‘irlardan yuvilgan shahar Chimën tog‘laridan esgan salqin bo‘lsa ham ëqimli shamol To‘lg‘onoyning sochlarini hilpiratardi. To‘lg‘onoy o‘sha kuni Vivaldining «yil fasllari» asaridagi «kuz» kompozitsiyasini ijro qilgan edi. To‘lg‘onoyning barmoqlari fortepianoning oq-qora klavishlari uzra raqs qilar ekan uning ko‘zlarida huzun bor edi. To‘lg‘onoyning bor yo‘g‘i ikki yil umri qolganini kimam bilibdi. SSSRda medidtsina zo‘r deb maqtab o‘tirishadi. Ammo shu bitta tuberkulëz kasalini davolasha olmadi.

Xolli oynani tushirib, jahl bilan, og‘zidagi nosni ko‘chaga tupurdi. Unga parallel ketaëtgan Jentrani boshqaraëtgan sariq sochli qiz nos tupurgan Xolliga ijirg‘anib qarab zardali signal berib qo‘ydi. Xollining ruhi, barcha qashqadarëliklar kabi, shahardagi kibor va bashanglarning unga bepisand va kamsituvchi qarashlaridan ozor topar edi.

«Dehqonobodga qaytib o‘sha yerda biznes qilaman. O‘nta konteyner olib otamdan qolgan yerda torgoviy tsentr va maishiy xizmat markazi qilaman. Internetga e'lon berib, odamlardagi buzuq kir moshin¸ televizor va xolodilniklarni arzon narxda sotib olib, kamazga ortib, Dehqonoboddagi ustalarga oborib beraman. Tuzatib o‘tirishadi. Keyin bu maishiy texnikani sotuvga qo‘yaman. Qishloqdagilar katta pulga yangi televizor ëki xolodilnik o‘rniga eskirog‘ini ham arzon narxda olishni ma'qul biladi. Qarabsizki, boiyib ketaman. Yuramanmi bu shaharda «xarrip» degaan nomni eshitib.

Shu payt Xollining telefoni jiringladi…

«Qulqishloq topilmasi»

Madaniy Meros Agentligidagi tili o‘zbekchaga kelishmaydigan qiz telefon qilaëtgandi. «Aka anavi kosa masalasida kelib keting. Zaklyucheniya chiqdi.» Xolli ekspertiza zaklyucheniyasi uchun to‘laydigan puli yo‘qligidan ichi zil ketsa ham¸ sir boy bermay, «o‘n besh minutlarda yetib boraman,» dedi.

Madaniy meros agentligi eshigida ko‘zoynakli qiz Xollini kutib turar edi. Qiz Xollini yetaklab Akbar Hakimovichning kabinetiga olib bordi. Qadimiy ko‘za¸ koshinli assuar dahmalar va bir uyum kitoblar bilan to‘la kabinet to‘ridagi oq sochli kishi stoli ustida koshin kosa turar edi. Qo‘liga lupa ushlagan oq sochli kishi o‘sha mashhur akademik Akbar Hakimovich edi. U Xolliga peshvoz chizib, «uka keling¸ o‘tiring mundoq,» deya joy ko‘rsatdi. Oq sochli amakining qo‘lida qandaydir qog‘oz bor edi. «Kimëviy analiz bu. Kosaning terrakota tarkibi eramizning birinchi asriga oidligi haqida. Vam povezlo, ukam. Shu kunlarda qadimiy ashëlarni davlat muzeylariga sotib olish bo‘yicha katta mablag‘ ajratilgan. Turizm vazirining ishi bu. Anavi ashlachi davrida Akilova degan ajina nuqul erini ikki pullik rasmlarini muzeyga olish bilan band edi. Qadimiy asarlarni muzeyga olishga kelganda pul yo‘q edi. Masalan, o‘tkan yili kelsangiz bunday imkoniyat yo‘q edi. Gapning qisqasi bu kosa kushon imperiyasi Boxtar madaniyatiga oid bo‘lgan va shu kungacha saqlanib qolgan 20ta kosadan biri. Buning qolgan kosalardan yaxshi tomoni u deyarli butun xolda 2000 yil yo‘l bosib bugungacha yetib kelgan. Qolgan kosalar siniq parchalalrdan tiklangan. Kosa yuzida biror bir naqsh ëki rasm fragmenti yo‘qligi uning badiiy qiymatini ozroq pasaytiradi. Lekin kosa ustidagi kir qatlami tozalangandan keyin balki nimadir chiqib qolar.»

Bu gaplarni aytgan oq sochli amaki yana bir qog‘oz chiqardi: «Bu ekspert komiyassiyasining xulosasi. Kosaning muzeyga xarid qilish uchun narxi To‘rt million to‘qqiz yuz ming so‘m. Shundan sakson mingni ekspertiza haqi uchun chegirib qolamiz. Pulni bugunoq kartangizga tushirib beramiz. Sotishni istamasangiz, sizning haqingiz. Ammo, u holda, biz topilma haqida huquq tartibot idoralariga xabar berish majburiyatida qolamiz.»

Miyamda kichik bir arifmetik amalni bajardim. Demak, to‘rt million sakkiz yuz o‘n ming kartaga o‘tar ekan. Shundan o‘n mingini Sotvoldi akaga beruvdim. Demak, kreditni peniyalari bilan qo‘shib ëpish uchun yetadigan summa cho‘ntakda edi. Men qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, «rahmat aka davlat nima desa shu.» dedim.

Provians

Oq sochli kishi o‘rnidan turib qo‘limni siqdi. Uka Surxondarëdanmisan, deb so‘radi. «Dehqonoboddanman» dedim. Oq sochli kishi devordagi karta oldiga borib, «Aynan qaerdansan uka?» dedi. «Qulqishloqdanman,» dedim. Oqsochli kishi javondan ustiga Pugachenkova deb ëzilgan ulkan kitob oldi. Kitobda Qulqishloqda 1949 yili o‘tkazilgan arxeologik eskpeditsiya hisoboti bor edi. Oq sochli kishi menga qarab, «Kushon va Boxtarni o‘rganishga umrim sarf bo‘ldi. Aynan sening qishlog‘ingda qadimiy Boxtar madaniyat o‘choqlari borligini bilardim. Lekin manavi kosa haqiqiy topilma bo‘ldi. Provians degan so‘zni bilmaysan albatta. Bu topilma haqidagi hikoya. Demak, ëzib qo‘yamiz: Qulqishloqlik Xolli Berdiev eski kosani topib oldi. Darvoqe, aynan qaerda turuvdi bu kosa?» Xolli Archa ko‘chadagi Sotvoldi aka haqida aytishga luzum yo‘qligini sezib, «Uyda schetchik ënidagi tokchada turgan ekan. Mushukka ovqat beraman deb oluvdim. Keyin qadimiy bo‘sa kerak deb, sizga keltirdim» Oqsochli kishi: «Molodets. Molodets,» deb yelkamga qoqdi. Keyin buxgalteriya bo‘limiga borib qog‘oz to‘ldirdim.

Ruhiyat kuchi

Kechga yaqin pul kartamga kelib tushdi. O‘sha kunning o‘zida kredit qarzimni ëpdim. Dehqonoboddagi xotinim Komilaga telefon qilib: «Kelaver. Ishlar yurishib ketdi. Tandir go‘shtdan ko‘proq keltir,» dedim. Ishkopda yashirganim «PREMIUM UZBEKISTAN» degan aroq shishasini qo‘limga oldim. Shisha ustida «Ruhiyat kuchi» degan ëzuv turardi. Shishani ochib, stakanni to‘ldirdim. Telefonimni ëqib, ichidan Vivaldining «Ko‘klam» kompozitsiyasini topib tugmani bosdim. Uyni bahor suvlarining sharqirashiga mengzar musiqa sasi tutdi. Vivaldi bu asarida «Djustino» opreasidagi ohanglarni kontsentratsiya qilganini bilardim. Ammo bastaning opera motivlariga bu qadar yaqinligini ilk marta kashf qildim. Operani sevishim bu boshqa tema. Musiqa ritmlari ichimni qizdirdi. Qadahdagi aroqni sipqordim. Keyingi kunlar ichida ilk bor qarz balosidan qutulgan holda shodon o‘ltirardim. «Rahmat amma. «Ruhiyat kuchi» nimaligini endi bildim,» degan o‘y ichimdan o‘tdi.

(Davomi bor)

Tag‘in o‘qing
4 may 2020
Avstraliyaning The Daily Telegraph gazetasi “Besh ko‘zli” (Unga AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Buyuk britaniya kiradi) razvedka ittifoqi ...
28 december 2025
Reuters agentligining MAGATEga tayanib xabar berishicha, Rossiya va Ukraina Zaporoje AES hududida elektr uzatish tarmoqlarini ta'mirlash uchun mahalliy o‘t ...
20 april 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurash kampaniyasi boshlandi. Bu kurashni mamlakat prezidentining o‘zi boshlab berdi. Mamlakatda majburiy mehnat yillar davomida ...
19 november 2019
«Toshkent savdo markazi»ga  (sobiq «Abu Saxiy» MChJ) qarashli bozordagi do‘konlari buzilishidan norozi bo‘lgan 700 dan ortiq fuqaro 16 noyabr ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...