Asosiy mavzular
22 november 2022

Yaponiya imperatori o‘zbek vazirni oliy orden bilan mukofotladi

Joriy yilning 9 noyabr kuni Tokiodagi imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovni Yaponiya oliy mukofoti Buyuk kordon – «Chiqayotgan Quyosh ordeni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. An'anaga ko‘ra, orden Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan bosh vazir Fumio Kisida ishtirokida taqdim qilindi.

«Chiqayotgan Quyosh ordeni» mukofoti Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan uzoq muddatli hissasi e'tirof yetilganidan dalolat beradi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan norasmiy suhbat chog‘ida bu pandemiyadan keyingi birinchi marosim ekanligini, bu ramziy ma'noga ega ekanligini ta'kidlab, bugun Yaponiya uchun sheriklik katta ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakatlar vakillari mukofotlanganini qo‘shimcha qildi. Suhbat yakunida Fumio Kisida mukofotlangan mamlakatlar xalqlariga o‘zining samimiy tilaklarini yetkazishni so‘radi.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston vakili Aziz Abduhakimov bu yil MDH mamlakatlari orasida yagona va katta tasmada chiqayotgan Quyosh ordeni bilan taqdirlanganlar orasida eng ëshi hisoblanadi.

Orden haqida

«Chiqayotgan quyosh» Yaponiyaning eng qadimgi mukofoti. 1875 yil davlat Kengashi qarori bilan tashkil etilgan Chiqayotgan Quyosh ordeni faqat erkaklar uchun bo‘lib ham harbiy, ham grajdanlar uchun berilgan.

1875 yil dekabrda Tokioda ordenning birinchi taqdirlash va taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Mukofotning yuqori maqomini ta'kidlash uchun imperator va imperator oilasining yetti a'zosi birinchi kavalerlar bo‘lishdi. Imperator oilasidan bo‘lmagani xolda orden olgan ilk kishi 1876 yil fevral oyida zobit Saygo Tsugumichi bo‘ldi.

2003 yilda orden berish qoidasi o‘zgartirildi. Endi orden bilan ayollarni mukofotlashga izn berildi. Aziz Abduhakimov bu ordenga sazovor bo‘lgan eng ësh siësatchidir.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
3 july 2017
30 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoev, «Kamolot»ni tugatishga, uning o‘rnida komsomolga o‘xshash (Kommunistik Yoshlar Ittifoqi) kabi tashkilot tuzishga qaror ...
13 may 2019
O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10 may ...
5 may 2017
Prezident Mirziyoev, 27 aprel kuni, Jizzax viloyatidagi majlisda amaldorlarni kuniga 8 soat o‘rniga, 18 soatdan ishlashi kerakligini tayinladi. «Men ...
10 november 2018
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yildan to shu bugunchaga bu mamlakat hukumati chet elda boshiga ish tushgan birorta vatandoshini himoya ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...