Asosiy mavzular
26 march 2023

Teskari magnit haqida yoki 23/23

Magnitning bir tarafi o‘ziga tortsa yana bir qutbi jismni o‘zidan itaradi. Shu paytgacha O‘zbekiston teskari magnit bo‘lib keldi. San'at asarlari, qadimiy bezaklar va oltin kallalar O‘zbekistondan tizimli ravishda uzoqlashdi.

San'at asari qimmat turadi va magnit kabi odamlarni o‘ziga tortadi. Masalan Parijga borganlarning 80 foizi Leonardo Da Vinchi chizgan Mona Lizani borib ko‘radi. Bu asarni o‘tkan yili 8 million odam muzeyga bilet olib kirib tomosha qildi.
Rassom asarining qadri qimmati haqidagi tasavvurim ëshligimda bir filmni ko‘rish asnosida shakllangan. 1970 yili rejissyor Anatoliy Bobrovskiy «Mosfilm»da olgan «Avlië Lukaning qaytishi» filmi ortidan men niderland rassomi Frans Hals ijodiga qiziqib qolgandim. Ko‘rgan filmimdan chiqqan yana bir xulosa esa har bir milllat o‘z hazinasini asrab avaylashi kerakligi haqida edi.

Men rassomlikni orzu qilib institutni bitirgan 1984 yili Urganch suratlar galereyasiga Bosh xazinachi qilib tayinlandim (chief curator of the museum). Bu SSSRda o‘ta obro‘li va vakolati katta lavozim edi. Rasmlar taqdiri masalasida menga faqat SSSR madaniyat vaziri ëzma buyruq berishi mumkinligi ko‘zda tutilgan edi.

Bu lavozimda 4 yil ishlab kattagina kollektsiya jamladim. Bu kollektsiya Urganchda xozir ham davlat tomonidan avaylab saqlab kelinmoqda. Oradan yillar o‘tib art kollektsiyalar bo‘yicha tajribamga extiëj borligini aytishdi.

Yuzuk Art tashkilotini tuzib chetga chiqib ketgan san'at asarlarini qaytarishga hissa qo‘sha boshladim. 1989 yili chetga chiqib AQShning Nyu York shaxriga kelib qolgan «Buxoroning bombalanishi» asarini topdim.

Amerikadagi san'atsevarlarga rahmat. Asarni avaylab saqlashibdi. Hech qanday ziën zahmat ko‘rmagan. 23 mart kuni asar O‘zbekistonga qaytadi. 27 mart kuni Davlat san'at muzeyida taqdimoti bo‘ladi. Asarning so‘nggi va sobit bekati Buxorodagi jadidlar muzeyi. Yil oxiriga borib ochilishi rejalangan. Millatga mansub hazinaning yurtga qaytishiga hissa qo‘shganimdan sevindim. Bu ishga ërdam bergan barchaga rahmat. Behbudiy aytganidek millat shunday shakllanadi.
Yuqolida aytganimdek, shu paytgacha O‘zbekiston teskari magnit bo‘lib keldi. San'at asarlari, qadimiy bezaklar va oltin kallalar O‘zbekistondan tizimli ravishda uzoqlashdi.

2023 yilning 23 martida buning aksi bo‘lgan voqea yuz berdi. O‘zbek rasssomi, faylasuf va ëzuvchi Vyacheslav Akhunov ning 1989 yili chetga chiqib ketgan «Buxoroning bombalanishi» asari AQShdan O‘zbekistonga qaytish uchun O‘zbekiston havo yo‘llari uchog‘iga yuklandi. 20 asrda yaratilgan shedevr O‘zbekistonga qaytmoqda. Rus qo‘shinlarining Buxoroni bombalagani voqeasi Sovet paytida tasvirlangan asar yana Buxoroda ochilajak jadid muzeyidan o‘rin oladi. Kartinani 32 yil davomida avaylab asragan amerikalik san'atsverlarga rahmat. O‘z tariximizning bir parchasi bo‘lgan asarni kutib ol O‘zbekiston. Xayrli va davomli bo‘lsin bu.
Bir vaqtlar yurtni tark qilgan boshqa osori atiqalar, oltin xumlar va oltin kallalik oydinlar ham yurtga qaytsin. O‘zbekiston dunëdagi ezgulik va go‘zllikni o‘ziga tortadigan musbat magnitga aylansin.

Maqola muallifi Yuzuk Art tashkiloti tashabbuschilaridan biri rassom

Shuhrat Bobojon

Tag‘in o‘qing
7 january 2016
Saudiy Arabistoniga rasmiy safari doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Makkai Mukarramaga borib, o‘z yaqinlari bilan Umra ibodatini ado etdi. ...
22 march 2019
«Boy ila xizmatchi» – Hamzaga nisbat beriladigan drama. Originali saqlanmagan. Komil Yashin uni mafkuraga moslab qayta ëzgan. Suflyor varianti ...
16 october 2018
Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatish ishlari 15 oktyabrga o‘tar kechasi tunda olib borildi. Yodgorlik 16 oktyabr kuni ochilishi kutilmoqda. ...
25 september 2025
UNESCO ma'lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda Tolibon hukmronligi boshlangandan beri 2,2 million qiz o‘rta va oliy ta'limdan chetlatilgan. Yangi xabarlarga ko‘ra ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...