Asosiy mavzular
13 august 2025

Suv isrofi, bog‘cha remonti va o‘qituvchilar huquqi

Navbat Eltuz portaliga kelgan 5 ta murojaatga. Qibraydagi suv tarmog‘i muammosidan tortib, Norindagi shifokorlarning oylik maoshi masalasigacha. Xatlarni Shaxina Abdurazzoq o‘qiydi, men esa ularni Stokgolmdagi studiyadan turib sizlar bilan muhokama qilaman.

Dastlabki maktub Toshkentning Qibray tumanidan. Maktubda ichimlik suvi ko‘chaga oqib yotgani iddao qilinmoqda. Tarmoqdagi nosozlikni kim hal qiladi?

Xatga ilova qilingan video bu murojaatda ko‘rsatilgan muammo haqiqatdan ham mavjudligini tasdiqlaydi. Buxoro viloyatining Peshku tumanida esa ota onalar Gulg‘uncha bog‘chasining ta'mirga muhtojligi haqida yozishmoqda.

Peshkulik maktub egasi bizga ko‘pgina fotosuratlar ham jo‘natgan. Va bu dalillar Gulg‘uncha bog‘chasining qayta ta'mirlanishi kerakligini anglatadi. Qo‘shni Navoiy viloyatida esa o‘qituvchilar huquqlari buzilgani, ularni majburiy mehnatga jalb etishayotgani, buning ustiga ishga kelmagan o‘qituvchilarni direktor haqorat qilganini iddao qilishmoqda. 

3. 

Yarim stakan suvga qarab u yarmigacha ichib qo‘yilgan, yoki yarmigacha to‘ldirib qo‘yilgan deya ikki xil xulosa qilish mumkin. Bu ikki tomonning haqiqatidir. Biz jurnalistlar esa haqiqatan ham shundaymi? deya savol beramiz. Savolga to‘g‘ri javob olish uchun murojaatda ko‘rsatilgan iddaolar albatta tekshirilishi kerak. Keyingi muammo Namangandagi chiqindi muammosiga oid. Aholi pul to‘laydi, biroq chiqindilar vaqtida olinmaydi.

Maktub egasining aytishicha, masala hali ham yechim topmagan. Keyingi muammo Norindagi shifokorlarning ish haqiga oid. Ular oyliklari 600 800 ming so‘mga kamayganini aytishmoqda. Agar oy 31 kun bo‘lsa oylikni kamaytirish kerakmi?

Oylik qancha ko‘p bo‘lsa shuncha kam. Gogol asari qahramoni oylikni oshirish uchun qaysarlik bilan buni talab qilish kerakligini maslahat beradi. Agar jarrox pichog‘i ostida o‘lishni istamasangiz shifokorlar oyligini oshiring. (Bu qora hazil albatta) Bu bugun sizga yetkazishimiz kerak bo‘lgan so‘nggi maktub edi. Ularni yetkazib berishda, Eltuz jamoasi va O‘zbekistonlik hamkorim Shahina Abdurazzoq qizi jonbozlik ko‘rsatdi. Murojaatlarda keltirilgan masalalarning har biri mutasaddi raxbarlar e'tibori va muammlar yechimini talab qiladi. Agar siz ham shunday o‘xshash muammolarga duch kelgan bo‘lsangiz, albatta eltuz portaliga murojaat qilishingiz mumkin.

Video sizga ma'qul kelgan bo‘lsa albatta layk qoldiring va do‘stlarinizga ulashing. Fikrlaringizni esa izohlarda qoldiring! 

Tag‘in o‘qing
24 april 2023
Joriy yilning 13 parel kuni yuz bergan Eltuzda yoritilgan xolat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Eltuzning telegram kanalida Madina Ismoilova ...
19 june 2024
Ramzan Qodirovning to‘rtta xotini va ko‘plab «cho‘rilari» va “kanizaklari” bor. Ularning ayrimlari hali voyaga yetmay turib Ramzandan farzand ham ...
1 september 2021
“Eltuz” tahririyati feysbuk messenjeri orqali vahimali, ayni paytda xavotirli bir murojaat oldi. U o‘zini “IIVning xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlovchi ...
17 october 2025
Farg‘ona viloyati, Rishton tumani. Ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida berilgan 14 sotix yer hozirda ular uchun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...