Asosiy mavzular
20 august 2025

Daryoni quritayotganlarga kim stop deydi?

Eltuzga jo‘natilgan xavotirli maktub va videoda Samarqandda daryoni quritib, hudud ekologiyasiga zarar yetkazayotgan shirkat haqida bildirilgan.

Samarqand viloyati Payariq tumani Zarafshon mahallasi hududidan Oqdaryo oqib o‘tgan. «Mardona qurilish stil» MChJ shu daryodan noqonuniy tosh, shag‘al qazib olmoqda. Bu haqida mahalliy aholi mas'ul tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilib, biror natijaga erishmaganini ta'kidlamoqda. 

Ma'lumki, nazoratsiz tosh qazib olish istiqbolda daryo sathi pasayib, suv keskin kamayishiga sabab bo‘ladi. Oqdaryodan esa kunu-tun to‘xtovsiz tosh-shag‘al olinmoqda. 

Bir paytning o‘zida 3-4 texnika tosh qazib olyapti. Ekologiyadan biror kishi kelib tekshirmaydi. Qayta-qayta Ekologiya tashkilotiga xabar beramiz. Lekin bu korxona tosh qazib olmayapti degan ochiq yolg‘on javob olamiz» – deydi mahalliy aholi.

Zarafshon mahalla ahli bu o‘zboshimcha talonchilikdan havotirda. «Mardona qurilish stil» MChJ allaqachon bir tumanga yetadigan tosh zahirasini qazib oldi. Oqdaryoni talon-toroj changalidan kim qutqaradi?

Oqdaryoda sodir bo‘layotgan daryo o‘zanini kovlash bilan bog‘liq xolat birgina Samarqand viloyatiga taaluqli emas. 2024 yilning avgustida Eltuz Sariosiyodagi To‘palang daryosi o‘zanidan noqonuniy qum tovon olib ketilishiga oid maqolani chop etgan edi.

Eng achinarlisi daryo o‘zani noqonuniy qazishlar natijasida 10–15 metrga pasaygan. Bu o‘z navbatida yer osti suvlarining ham kamayishiga sabab bo‘lgan va natijada atrofdagi aholi suvsizlikdan aziyat chekmoqda. 

Eltuz O‘zbekistonning ekologiyasiga havf soluvchi jinoyatlarga oid voqealarni tahlil qilishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
8 september 2017
8 sentyabr kuni, ertalabdan avtobuslar kolonnasi Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahri maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasalari va tibbiyot xodimlarini ommaviy tarzda ...
13 october 2020
Prezidentning kuëvlari bir-biri bilan nizolashmoqda. Prezidentning xotini Ziroat Hoshimova esa Inoyatov nazoratida. Bu iddaolar ustiga qurilgan taxminlar bugungi ko‘rsatuvda. ...
22 june 2025
Xorazm viloyati Urganch tumaniga qarashli “Cho‘lobod” mahallasi aholisi ekologik falokat arafasida turibdi. Mahallaga yaqin joylashgan chiqindi poligonidan tarqalayotgan badbo‘y ...
5 november 2025
30 oktyabr kuni militsiya xodimlari Yakkabog‘ tumani Amir Temur jamoa xo‘jaligi, Xo‘ja Ilg‘or mahallasida yashovchi Manzura Turobovaning 6 sigiri ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...