Asosiy mavzular
28 august 2025

Jahon tillari Universiteti tyutorlari rotatsiyadan norozi

Yangi o‘quv yili boshlanish arafasida Jahon tillari universitetida yana anarxiya va qonunsizlik avj olgani universitet jamoasi orasida norozilik bildirilmoqda. Ularning Eltuzga yo‘llagan shikoyatiga ko‘ra rektor maslahatchisi Zikirov Odiljon Obidjonovich mart oyida lavozimga tayinlangan kunidanoq universitet tyutorlarini nishonga ola boshlagan.

Ta'tildan oldin rektor buyrug‘i bilan tyutorlar yoppasiga ishdan bo‘shatildi. Majlislarda  avrab-aldab tyutorlarni «bir yillik shartnoma»ga o‘tkazibolishgan edi. Ushbu harakat Odiljon Zikirov tavsiyasi bilan amalga oshirilgani iddao qilinmoqda.

«Bir yillik shartnomaga ko‘ra tyutorlarning mehnat huquqlari ancha cheklangan. Masalan, avgust oyida barcha tyutorlar majburan o‘z hisobidan ta'til olishdi. Endi rektor rotatsiya degan nag‘mani boshladi.

Tyutorlarning fakultetlari noqonuniy o‘zgartirib yuborildi. Kim norozi bo‘lsa rektor maslahatchisi Odiljon Obidjonovichning qahriga uchraydi.» deydi o‘z ismini ochiqlashni istamagan Universitet o‘qituvchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra Jahon tillari kafedra mudiri yakuniy imtihonlar payti ommaviy pora yiqqani masalasi hali unutilgani yo‘q. Rahbariyat esa yana yangi yangi fintlar chiqarmoqda.

Rektor o‘quv yili boshida universitet tyutorlarining fakultetlarini o‘zgartirib «istamasang, bo‘shab ket» qabilida ish ko‘rmoqda. Bunday rotatsiya endi har yili amalga oshirilishi kutilmoqda. 

Talabalarning, jamoaning fe'l-atvorini bilish, talabalar bilan kurator sifatida til topishish uchun kamida ancha vaqt talab etiladi. Tyutorlar har yili qo‘nim bilmas bo‘lib fakultet o‘zgartiraversa, talabalar bilan tanishuvdan ortib haqiqiy ish qachon boshlanadi?

«Ilhom Tuxtasinov shu dargohga kelganidan beri har o‘quv yilini mana shunday tushkun kayfiyatda boshlaymiz. Avvalgi rahbariyat quyi pog‘onadagi xodimlarni qadrlar edi. Ish yuklamalari qat'iy belgilangan, ishda tartib bor edi. Masalan, hozir ham boshqa davlat universitetlarida bunday qo‘nimsizlik, tyutorlar rotatsiyasi degan gaplar yo‘q. Odiljon Zikirov esa DXXda qo‘llaydigan odamlarim bor deb tizimni istagancha o‘zgartiryapti» –  deydi ishsiz va joyi noma'lumligidan muallaq qolgan Universitet jamoasi vakillari.

Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul rektor maslahatchisi qanday qilib kadrlar masalasiga aralashadi? (Lavozim nomining o‘zi bir sostav poezdga yuk bo‘larkan o‘ziyam) Nima bo‘lganda ham maslahatchining bunday vakolati yo‘q.

Hech qaysi davlat universitetida tyutorlar rotatsiyasi olib borilmayapti, shartnomalar o‘zgartirilmagan. Rektor Tuxtasinovga tyutorlarni sarson qilish nima zavq yoki foyda beradi? Ham yillik rotatsiya, ham mehnat shartnomasida haq-huquqlarning cheklanishi jamoaning hafsalasini pir qildi.

«Tyutor hadeb almashaverilishini bilgan talabalar na gapga kiradi, na topshiriqlarni bajaradi. Faqat kompyuterda kamera kuzatib o‘tiradigan rektor bu jihatlarni qaydanam bilsin? Mana nechi oylardan buyon Odiljon Zikirovning qosh-qovog‘iga qarayapmiz. Uning o‘zi rektorning odami – Tuxtasinov bilan Samarqand chet tillari institutida birga ishlagan. 

Odiljon Obidjonovich Samarqand chet tillari universitetida ham ayni shunday uzuuuun nomli lavozimni egallagan. O‘zi yangi rektor barcha muhim lavozimlariga  Samarqandlik ulfatlarini tayinlab guruhbozlikka yo‘l qo‘ymoqda» deya yozadi rotatsiyadan hafsalasi pir bo‘lgan Universitet tyutori.

Uning so‘zlariga ko‘ra Jahon tillari universitetida almashtirib bo‘lmaydigan kadr yo‘q qabilida ish ko‘riladi – malakali o‘qituvchi xodimlar allaqachon xususiy universitetlarni tanlashmoqda. Bu ketishda universitet ta'limdagi pozitsiyasini xususiy sektorga boy berishi muqarrar.

Eltuzdan oliy ta'lim yoshullisi Qo‘ng‘irotboy to‘raga savol: Ilhom To‘xtasinov rektorlik kursisiga o‘tirganiga uch yil bo‘ldi – rotatsiya fursati haliyam yetmadimi? Eltuz O‘zbekiston Oliy ta'limiga oid muammolarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
7 may 2020
Sardoba suv ombori o‘pirilishidan zarar ko‘rgan aholi haqida reportaj qilish uchun Sirdaryoga borgan O‘zA muxbiri Anora Sodiqova 6 may ...
18 june 2024
40 yoshli Elyor Imomov “Hojiakbar Hojimurod bog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari. Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining cho‘l hududida 2017 yildan buyon ...
20 april 2016
Xususan, «XXI asr» gazetasining yozishicha, 2015 yilda O‘zbekiston bank tizimining jami kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7,7 ...
1 march 2021
Muallif: Linn Shveysfyurt, 2021 yil 9 fevral Kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilar, ayniqsa, Xitoyning Shinjon paxta sektori AQSh sanktsiyalari ostida qolganidan so‘ng O‘zbekistonni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...