Asosiy mavzular
15 november 2025

Yangi O‘zbekistonning ishsizlik botqog‘i

Ishsizlar soni odam soni ortishi bilan tabiiy ravishda yuqorilab boradi. Statistikada esa boshqacha ko‘rinishi mumkin. Lekin real ahvol biz o‘ylagandan ancha yomon. 

Hozirda mamlakatimizda aholini ish bilan band qilish bo‘yicha butun boshli vazirlik va yirik loyihalar aholini faqat raqamlarda ish bilan band qilib ko‘rsatish bilan shug‘ullanilayotgandek.

2017 yil Bandlik va mehnat vazirligi ta'sis etildi. Ishsizlik bo‘yicha faqat shu tashkilot hisobot beradi, allaqanday raqamlar taqdim etadi. Ammo ushbu raqamlar real hayotdan ancha yiroq.

Mazkur vazirlik berayotgan statistikalar xalqning ustidan kulishdan boshqa emas. 2025 yilda ishsizlik darajasi 5.1 foiz, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 4.1 foiz bo‘lgan. Hozirgi kunda mehnatga yaroqli aholi 21 millionni tashkil qiladi. Ulardan 16 million aholi iqtisodiy faol, band deb ko‘rsatilgan. Rasmiy ishsizlar esa 782 ming nafarni tashkil etadi. Shunga ishonasizmi?

Bu raqamning qanday shakllantirgani aqlga sig‘maydi. Birgina misol — joriy yilning oktyabrida Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tkazgan xalq qabulida 1075 nafar fuqaroning 996 nafari ish izlab kelgan. Bundan bilish mumkin, hududda qariyb 93 foiz fuqaro ishsiz.

Ish bilan ta'minlangan 16 million aholining 5 millionga yaqinini migrantlar, 4 millionga yaqinini davlat ishchi xodimlari va tadbirkorlar tashkil etadi. 7 million aholi esa faqatgina mavsumiy qurilish va dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanadi. Ular qishda ishsiz qoladi. Yilning qariyb yarmini ishsiz o‘tkazadi. Ammo statistikada bular inobatga olinmaydi. 

Vaholanki, ish bilan ta'minlandi degan qariyb 5 million migrantlarning mamlakatda ish topa olmagach yoki ishidan qoniqmasligi evaziga xorijga ketishga majbur bo‘lishdi. 

Xalqaro standartlarga ko‘ra, ish bilan ta'minlanmagan fuqarolarga davlat tomonidan ishsizlik nafaqasini berish tartibi joriy qilingsn. Bunda fuqaro davlatga ish so‘rab boradi, shartli ravishda davlat murojaatchiga imkon qadar ish yoki nafaqa tayinlaydi. Bizda qonunchilik shartlarning o‘ta murakkabligi standartlarning maksimal darajada “nafaqa to‘lamaslikka” qaratilganligini kuzatish mumkin. Masalan, fuqaro oxirgi 5 yil ichida bir yarim yil ishlagan, shartnoma tugagandan keyin olti oydan keyin, nafaqa tayinlansa ham atigi 3 oy, miqdori esa minimum ish haqi miqdorida (412 ming so‘m) maosh oladi.

2024 yilda O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan jami jinoyatlar 132 298 ta bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 27.1% oshgan.

Hisob-kitoblardan ko‘rinib turganidek, jinoyatchilar orasida ishsizlar katta raqamni tashkil etadi.  12 000 nafar ishsiz shaxslar turli ko‘rinishdagi jinoyatlarni sodir etgan. Bu ishsizlik va jinoyatchilik o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Yoshlar (18–30 yosh) jinoyatlarda katta ulushga ega — 2024 ma'lumotlariga ko‘ra yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar katta foizni tashkil etadi (misol uchun 59.4% va yoshlar orasidagi ishtirok yuqoriligi qayd etilgan). Bu yoshlar orasida ish bilan ta'minlash siyosati yetarli emasligini ko‘rsatadi. Ishsizlik, moliyaaviy ojizlik oilalarda ajrimlar sonini ham keskin oshishiga olib kelmoqda. 

Ishsizlik mamlakatni tanazzul yoqasiga olib keladi. Uning ortidan insonlarda tushkunlik, stress va iqtisodiy muammolar tug‘iladi. Kishilarda jinoyatga, qarz olish, yolg‘on va yengil hayotga moyillik hissi ortib boradi. Ishsizlikning uzoq davom etishi insonda malaka va tajribaning yo‘qolishiga, iqtisodiy sekinlashuv va ijtimoiy beqarorlikka sabab bo‘ladi.

Tag‘in o‘qing
2 december 2023
Huquq tartibot idoralari maxsus kuchlari 1 dekabr, ya'ni kecha kechqurun taniqli tadbirkor, postsovet hududida “Salimboy”, “Salimboyvachcha” deya tanilgan Salim ...
19 april 2018
Do‘ppido‘z chevar Hamida Yunusova 25 yildan buyon do‘ppi tikadi. Bu hunar unga oilaviy an'ana bo‘lib, juvon do‘ppi tikishni opalaridan ...
1 december 2025
Marader ya'ni talonchi degan so‘zni «kapando‘z» deb ham aytishadi. Shunday odamlar bor o‘liklarni go‘rdan qa zib oltin tishini sug‘urib ...
6 august 2024
Xizbullox Isroilga raketalar bilan hujum qildi. Britaniyada migrantlarga qarshi namoyishlar avj oldi. Rossiyada 11 yashar qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbek qo‘lga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...