Asosiy mavzular
28 november 2025

«Gulnor» 23 qism (Erganakon. Olis tog‘lar ortida)

Axmad bu qadar yashillikni bir yerda ko‘rmagandi. Yong‘oq daraxtlari vodiyning har tarafini qoplagandi. U buncha yuksak teraklarni ham birinchi ko‘rishi edi. Axmad azaldan yuksak va katta daraxtlarni sevardi. Ammo teraklar naqadar yuksak bo‘lmasin, yong‘oq daraxtining ixtishomini bera olmasdi. Yong‘oq daraxtlari butun atrofga shoxlarini yoygandilar.

Axmad vodiyning baland bir yeriga insho etilgan bino balkonidan manzarani tomosha qilardi. U tongning salqinini boy bermaslik uchun erta uyg‘ongandi. Bu go‘zallikning o‘z o‘lkasida, Anqaradan bor-yo‘g‘i ikki yarim soatlik masofada ekanligiga, bu qishloqni shu kungacha ko‘rmaganiga xayratlanardi.

Uy Ibrohim Gularning dala hovlisi edi.

Uning do‘stining oti ham Ibrohim Yulduz edi. Ikkalovi ham ziyofatni sevishardi. Ibrohim Yulduzga:

– Ellik yoshga kirding, buning sharafiga bitta qo‘y so‘ymasang bo‘lmaydi, — deyishardi do‘stlari.

– Qanaqa ellik, ellik ikki bo‘ldi yosh. Ammo sizga bo‘lim boshlig‘i tayinlanganim uchun bir qo‘zi so‘yaman. Ammo bitta qo‘zi yetmas, ikkita bo‘lishi kerak. Axmad Gunash xonimga mashina oldi, uning sharafiga yana bittasini so‘yamiz, — dedi Ibrohim Yulduz.

Va oilalari bilan Gularning dala hovlisiga kelishgandi. Kecha oqshom ikki Ibrohim uzoq suhbatlashishdi.

– Shunday ham azon aytadimi shunday go‘zal qishloqda, bunday hunuk ovoz bilan azon aytish mumkinmi, — derdi Ibrohim Yulduz, — Bu muazzinni qaerdan topdingiz? Men o‘zim bir azon o‘qiy…

– Zarari yo‘k, kel yaxshisi iloxiy aytaylik:

Shul jannatning irmoqlari oqar Ollox deya, deya, — deb Yunus Imrodan o‘qiy boshlardi Ibrohim Gular.

Ikki do‘st tonggacha shunday davom etishdi, ammo Axmat erta yotgandi. Va erta uyg‘onib vodiy go‘zalligini tomosha qilardi.

Axmat beixtiyor bu kuchli yashillikning manbasini axtara boshladi. Bahaybat yong‘oq daraxti tagida O‘g‘uz bilan Gulnor ko‘ringanday bo‘ldi. Sarg‘aya boshlagan bir yaproqni olib, Gulnorning sochlariga taqdi O‘g‘uz. Keyin ikkalosi bir bo‘lishdi, daraxt shoxlari oralab yuksala boshladilar, keyin ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar.

***

– Allo, Axmad, ok ko‘pik yana qachon paydo bo‘ladi?, — telefondagi ovoz Dursun Yildirimning ovozi edi.

– Qaysi oq ko‘pik?, — dedi Axmad.

– Hazor dengizi sohilidagi Gulnorning sochiga qo‘ngan oq ko‘pik, — dedi Dursun.

– Bilmayman, Dursun, — dedi Axmad, — Gulnor bilan O‘g‘uz Oltoy tog‘lariga ketishgandi. Bir oydirki ulardan darak yo‘q.

– Nima deyapsan, og‘ayni nimadan havotirlanayapsan, ular roman qaxramonlari-ku, — dedi Dursun.

– Toshkentda senga yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lgan Gulnorni menga sen tushuntirmaganmiding, Dursun? U qanaqa roman qahramoni bo‘ladi? Hazor to‘lqinlaridan sachragan ko‘pikni faqat men ko‘rgandim. Gulnorga bo‘lgan muhabbat yillarcha ichimda gizli qoldi. Keyin Gulnor bilan O‘g‘uzni ko‘rdim. Bugun bu yoshlar mening umidim. Bir oydan beri ulardan darak yo‘q. Ammo bilaman-ki, ular Ergenakonni topajaklar. Balki topgandirlar.

– Sen tashvishlanma, Axmad, ular bu manzilni mutlaqo topgan bo‘lishlari kerak. Balki topgani uchun ham u yerdan kelolmayotgan bo‘lishlari mumkin.

– Balki shundaydir, Dursun. Aks holda menga mutlako xabar berishgan bo‘lishardi.

– Kutaylik-chi.

– Mayli, kutaylik.

Telefon go‘shagini qo‘yib, Dursun o‘ylanib qoldi. U jonajon do‘sti Axmatdan asarning davomini so‘ramoqchi edi, Axmadning romanini ilk o‘qiganlardan bo‘lishni istayotgandi. Ammo Axmadning gaplari…

Erjiyas tog‘iga tirmashgan Majid Duzalning ikki tog‘chi bilan qor ko‘chimi ostida qolib, halok bo‘lgani Axmatni qattiq asabiylashtirgan edi. Bu yosh va baquvvat odam shunchaki jo‘n o‘lishi kerak emas edi Axmatning nazarida. Elbrus, Oltoy cho‘qqilariga ko‘tarilgan odam uchun Erjiyas nima edi?

O‘g‘uz va Gulnor uning oxirgi shogirdlari edi. Yoki ular ham u la'nati qor ko‘chimi ostida folishdimi?

Axmat Boyon o‘lgiydagi otelda Majid Duzalni kutgan kunlarini esladi. Oltoy tog‘larida ikki marta o‘lim bilan yuzma-yuz kelgandi Majid va buni kulib eslardi. O‘limdan kulgan odam edi u.

– Yulduzlar ostida abadiy uxla, Majid bey, — dedi Axmat. O‘rnidan turib qog‘oz, qalam oldi. “Tog‘ odam” deb qo‘ydi sarlavhani. “Oq tog‘larga do‘st tutingandi, — deya yoza boshladi Axmat, — Cho‘qqilar ko‘k yuzida o‘pishishardi. Cho‘qqilarda moviy ko‘zli, xipcha odam qo‘llarini ko‘kka cho‘zardi zafari uchun shukr etib. Oq baytal kabi edi tog‘lar, u esa vaxshiy otlarning suvoriysi edi. U moviy ko‘kda oltin rang chizgi edi. Cho‘qqiga qadagan oy-yulduzli bayroq ko‘lkasida moviy nigohli, oltinrang chizgi. Ufqlardan narini xayol qilardi, uning uchun vodiylar tor va korong‘u tuyulardi. Ufq faqat tog‘lardan boqqanda kengaya olardi. Faqat tog‘lar qorong‘u pastliklarga isyon etardi. Isyon yuksalgan sari oppoqlashardi, yuzini, mag‘rur boshini samoga yo‘naltirar edi. Tarixning butun isyonkorlari uning do‘stlari edi. Go‘ro‘g‘li bir tog‘ edi. Tog‘lar Go‘rug‘li edi. Moviy ko‘zli sariq odam Go‘ro‘g‘li edi. Eski dunyoning tog‘lari uni o‘ziga rom etgandi. U Ag‘ri tog‘larining, Elbrus va Pomirning oq yollaridan tutib, sokinlashtirgandi, bo‘ysundirgandi. U Ergenakondan chiqqan otliqlardan biri edi xolos. Bir million yil avval tog‘ning temirini eritgandi. Endi cho‘qqilarda edi. Ko‘k bayroq ko‘zlari bilan ufqqa boqardi. Unga ro‘para kelgan cho‘qqida bir bo‘zbo‘ri uvlardi.

U O‘g‘uz hokonning qirq yigitidan bittasi edi. Ismi, balki, qipchoq edi. Nozik bel, iyagi turtib chiqqandi. Kulganda inju tishlari porlardi. O‘sha on yonoq suyaklari bo‘rtib chiqardi. Va moviy ko‘zlari chaqnardi.

Oltoy etaklarida birga edik. O‘rxunda birga cho‘milgandik. O‘truk yaylovlarida birga ot choptirgandik. Mangutoshli kechalarida qorong‘u osmonga qarab, uyquga ketgandik.

U vahshiy cho‘qqilar bilan kurashib, qaytib kelgandi. Balki qaytib kelmadi, o‘sha Oltoy tog‘larida qolgandir. Sen faqat tog‘larga ko‘milishing mumkin edi, tog‘larga ko‘milding. To‘rt devor orasida miskin va safil ruhlar yashaydi. Sen esa moviy ko‘zlaring bilan cho‘qqilardan boqayapsan menga.”

***

Sal narida yoruglik ko‘ringanida O‘g‘uzning darmoni tugab, bitgandi. Ikki soatdan beri Gulnorni ko‘tarib, yo‘l yurardi. Gulnorning badani o‘t bo‘lib yonardi, harorati qirqqa chiqqandi. Aspirin ham haroratni tushirmadi. Ammo ko‘ringan yorug‘lik O‘g‘uzga quvvat berdi. Favqulodda matonat bilan oldinga yura boshladi, bir necha daqiqa so‘ngra ko‘zlariga quyoshning keskin nurlari urildi, Gulnorni quyoshga to‘g‘ri uzatdi va yerga yiqildi.

Besh daqiqa so‘ngra o‘rnidan turdi, kiyimlarini yashil o‘tlar ustiga otdi. Majid Duzal tanlagan dorilarni xaltadan yerga to‘kdi. Yuksak haroratga qarshi tabletni Gulnorga ichirdi. Gulnor hali ham o‘ziga kelmagandi.

– Topdik, Gulnor, — dedi O‘g‘uz, — Ergenakonni topdik. Ko‘zingni och, sevgilim. Qara, quyosh nurini senga sochayapti, qushlar sening uchun sayrashayapti. Ko‘zingni och, go‘zalim. Yerdagi o‘tlarga qara, ular senga kulimsirayapti. Sen ham tabassum qil, go‘zalim. Yashil ko‘zlaringni menga ko‘rsat, menga. Bilasan, ular meni yashatadi, bundan mahrum etsang men ham yashamayman, sevgilim.

Gulnor qaboqlarini yarim ochdi, faqat bir soniya yashil nigohlari O‘g‘uzga boqdi.

– Tashakkur, sevgilim, tashakkur, — dedi O‘g‘uz va Gulnorning sochlarini siladi. Keyin o‘rnidan turib xo‘l kiyimlarini gullar ustiga yoydi. Suv kanoridagi toshlardan o‘choq yasadi, olov yoqdi. Yalpiz kabi bo‘y taratgan o‘tlarni to‘plab, qaynatdi, Gulnorga ichirdi.

O‘ttiz olti soat so‘ngra, tongda Gulnor ko‘zlarini ochdi.

– Qara, sevgilim, — dedi xolsiz ovoz bilan Gulnor, — shu mis rangli tog‘larning intizomli tizimiga qara.

– Ko‘rayapman, jonim, faqat o‘zingni charchatma. Sen hakli eding. Sendan shubxalanmasligim kerak edi. Mana, sen aytgan Ergenakondamiz, faqat sen o‘zingni charchatma, gapirma.

Gulnor ko‘zlarini yumib jim bo‘ldi. Tushga qadar teran uyquga ketdi.

O‘g‘uz ikki kun davomida turli xil tuzoqlar qurib ovlagan quyon va qushlardan tushlik yemagi tayyorladi. Gulnorni kabob hidi uyg‘otdi. O‘g‘uz ko‘zlarini ochgan qizning ko‘zlaridan, bo‘ynidan, yelkalaridan uzoq-uzoq o‘pdi. Keyin bulok suvidan hovo‘chlariga to‘ldirib, ichirdi.

Gulnor oyoqqa turdi, toy kabi o‘ynadi chamanlar ustida. O‘g‘uzni yiqitdi, u bilan kurashdi, Murod olib, murod berdi.

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 23 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
29 january 2016
O‘zini “Millat peshvosi”, xotinini “Islom aëllari peshvosi”, o‘g‘lini korruptsiyachilar peshvosi qilib belgilagan Imomali Rahmon qizi Ozodani prezident ma'muriyati rahbari ...
17 january 2018
O‘tgan yili turli darajadagi hokimlarning zo‘ravonligi, so‘kong‘ichlari, qo‘l ostidagilarga bo‘lgan qo‘pol muomalasiga oid xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi bu haqdagi fikr-mulohazalar ...
12 november 2025
O‘zbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari so‘nggi yillarda kuzatilmagan, tarixiy rekord darajagacha o‘sdi. Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 noyabr ...
30 november 2020
Nigeriyadan ikki qora tanlini olib kelib, uyi oldidagi konteynerga qamab qul qilganlik ayblovlari bilan yuzma-yuz qolgan 26 yoshli qo‘shiqchi, Siroj Boom taxallusi tanilgan Siroj ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...