Catira
5 january 2016

Yangi rassomimiz Elsevar

Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 ëshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi TUZ redaktsiya topshirig‘i bilan Buxoroga yo‘l olib yangi hamkasbi bilan yaqindan tanishib qaytdi.

Rassom TUZ: Mashinamga o‘tirib Namangandan Buxoroga qarab yo‘lga chiqdim. Hazil uchun mashina oynasiga “Rassom TUZ safarda” deb ëzib qo‘ydim. Bu narsa yo‘ldagi patrul hodimlarida ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Darrov xodalarini ko‘tarib menga yashil chiroq ëqishdi. Ba'zi militsiya hodimlari Eltuz nashridagi karikaturalarimni ko‘rgan ekan, yelkamga qoqib “barakalla” deb ham qo‘yishdi.

Hullas yangi yilning ikkinchi kuni Buxoroga yetib bordim. Havo 10 daraja issiq. Quësh nurida minoralar yaraqlab ko‘rinadi. Yangi rassomimiz Elsevarning ustaxonasi turistlar bilan gavjum eski shaharda ekan. Rassom chizgan miniatyura va akvarel etyudlari turistlar diqqat markazida.

  • Tirikchilikdan nolimayman. Lekin haët faqat bir burda nondan iborat emasku. Shu bois Elsevar ismi bilan beozor karikaturalar chizishni ma'qul ko‘rdim, deydi rassom.

Nega Elsevar degan taxallus bilan ijod qilasiz, degan savolimizga rassom miyig‘ida kulib javob berdi:

-Bu arzimas mehnatim xalqimiz ravnaqi, pokligi uchun. Nazarimda o‘z madaniyatini, xalqini, vatanini sevmasdan o‘zgani, boshqalarni sevib bo‘lmaydi. Vatanni sevmoq imondandir (hadis). Shuning uchun Elsevar deb imzo qo‘ydim rasmlarga.

Karikatura men uchun so‘z va ifoda erkinligi, hamda muammolarga e'tibor qaratish vositasi. Lekin karikatura ko‘ngil ochish vositasi emas. Man O‘zbekistonni rivojlangan jamiyatlar qatoridan o‘rin olishini istayman. Bir xalq bo‘lib shakllanishga halaqit beradigan illatlar – korruptsiya, guruhbozlik, jaholat, ma'naviy qashshoqlikni hajv qilaman. Bu beozor hazillarim ma'qul bo‘lsa mamnun bo‘lardim, dedi yangi rassomimiz Elsevar.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 december 2015
O‘zResJKning firibgarlik va tovlamachilik moddalari bilan ayblov e'lon qilingan Ruhiyo Baitova Amnistiya Qaroriga asosan avf etildi va ozodlikka chiqarildi! ...
11 november 2025
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sport olimpiadalariga davlat siyosati darajasida qaralmoqda.  Ammo bir muhim savol ochiq qolmoqda: nega davlat mablag‘lari asosan ...
21 december 2020
Linn Shveysfurt O‘zbekiston paxta sanoatida bolalar va kattalar majburiy mehnati bo‘yicha o‘tkazilgan 10 yillik monitoring va hisobotlardan so‘ng mamlakat ...
3 september 2016
O‘zbekiston musulmonlar idorasi toshirig‘i bilan respublikaning barcha masjidlarida Toshkent vaqti bilan 13 dan 20 daqiqa o‘tganida Islom Karimovning janozasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...