Catira
27 may 2016

“O‘zbekavtosanoat” ishi bo‘yicha yana 50 kishi so‘roqqa chaqirildi

Joriy haftada Asakadagi mashina zavodida yana 50 kishi so‘roqqa tortilib¸ shaharni tark etmaslik borasida imzo chektirildi.

Bundan oldin o‘nlab kishilar GM Uzbekistan shirkatidagi jinoiy sxemalarda ayblanib hibsga olingan edi. Ozodlik radiosiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston MXX raisining qudasi, O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpievning yaqinlari bor.

Mashina janjali boshlanganidan beri o‘tgan bir oy ichida GM Uzbekistan boshqaruvining ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari Ravshan Iskandarov va unga ko‘maklashgan Zaynobiddin Nizomov qamalgan edi.

2010 yildan beri o‘zbek avtokontsernini boshqaraëtgan va ayni paytda «O‘zavtosanoat» hissadorlik shirkati boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan Tohirjon Jalilov tovlamachilik yo‘li bilan shirkat pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanib, o‘tgan oyda hibsga olingan edi.

Jalilovning GM Uzbekistan korxonasi ishlab chiqargan mashinalarni Rossiyaga eskport qilishda noqonuniy sxemalar yordamida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganligi haqida Eltuz.com ëzgan edi.

Ayni paytda mufattishlar Qozog‘iston hududida joylashgan va jinoiy to‘dalar tilida “otstoynik” deb atalgan avtojamloqni ko‘zdan kechirishgan.
O‘tgan bir oy ichida jamloqdagi mashinalar soni ozaygani aytildi.

Mufattishlarning dron uchqich ko‘magida olgan suratlarida avtojamloqdagi mashinalar soni uch mingdan sal ozroq ekani aën bo‘ldi.

Atigi bir oy oldin bu jamloqdagi mashinalar soni ikki barobar ko‘p edi.

Eltuz.com muxbiriga ma'lum bo‘lishicha jamloqdagi Ravon rusumli avtomobillardan 200 tasi shu kunlarda Rossiyadagi haridorlar qo‘liga yetkazilgan. Ular pulini oldindan to‘lab kutib o‘tirgan haridorlar ekani aytiladi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 november 2016
Abdulla Oripovning vafoti xalqimizning sevimli shoiri so‘nggi vaqtlarda norasmiy taqiq ostida yashagani, bundan bir qancha vaqt ilgari «Ozodlik» radiosi ...
8 january 2018
7 yanvar kuni prezident Mirziyoev Toshkentning Zangiota tumanidagi chiqishida «Abu Sahiy» MChJ «Toshkent Ipak yo‘li»ga o‘zgaritirilgach, davlatga 15 kunlik ...
14 january 2019
Quyidagi maqolada keltirilgan ma'lumotlar Davlat havfsizlik xizmati tarkibida ishlaydigan shaxsdan kelib tushdi. O‘zbekiston kabi yopiq mamlakatda davlat organlari ko‘p ...
8 april 2020
17 yildan buyon Britaniyada istiqomat qilaëtgan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori¸ professor¸ agrokimyogar, tuproqshunos olim Ahmadjon Xorazmiy (Ahmad Hasanov) 5 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...