Catira
4 june 2016

Nargiz Zokirova: «Sobiq erim ajrashishga 40 ming dollar so‘rayapti»

Mashxur o‘zbek xonandasi, Rossiyaning «Golos» shou yulduzi Nargiz Zokirova (44) 2 iyun kuni o‘zining italiyalik eri Filipp Baltsano bilan nikohini bekor qilganini e'lon qildi. Er xotin birga 20 yil yashashgan. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, ajralishning asosiy sababi oiladagi „moliyaviy kelishmovchilik“ bo‘lgan.

«Men sud orqali ajrashishga qaror qildim, chunki murosa variantlari Filga to‘g‘ri kelmadi. Butun o‘tgan yil davomida mening topganim uning ko‘plab qarzlarini to‘larshga ketdi. Mening sobiq erim meni shantaj va po‘pisa qilishga o‘tdi. U mendan ajralish uchun 40 ming dollar talab qildi..“, deya keltiradi Nargizning so‘zlarini yulduzlar hayotini yoritadigan saytlarning biri.

Nargiz Zokirova garchi zokirovlar ijodiy sulolosining mashhur vakilasi sanalsada, uning yorqin tashqi qiyofasi konservativ o‘zbek jamiyati tomonidan toqatsizlik bilan qarshilanadi. 2015 yilning aprelida u ijtimoiy tarmoqdagi tanqidlarga javoban, O‘zbekistonni jahannamga qiyoslagan va ancha keskin ohangdagi izohini tarmoqqa qo‘ygan, biroq sal o‘tmay buning uchun kechirim so‘ragan edi.

«Tinch qo‘yinglar endi, sizga o‘xshaganlardan qochib chiqqanimga allaqachon 20 yildan ko‘proq bo‘ldi, aynan O‘zbekiston nomli jahannamdan qochib chiqqanman!
Bugun ham u yerda yashayotgan o‘z yaqinlarim zarariga bo‘lsa ham! Men ularni ko‘rmayman, ularni telbalardek sog‘inaman, ammo sizday jirkanch, razil jaholatparast va riyokorlar tufayli, men vatanni tark etishga majbur bo‘lgandim! Nafaqat men, balki butun mashhur sulolam qadriga yetmagan, aksincha har tomonlama kamsitgan va o‘zining ayanchli darajasiga tushirgan vatanni! Bu sulolani siz tom ma'noda yerga ko‘mish o‘rniga, qadriga yetishingiz kerak edi! Men bobom, buvim, tog‘alarim, onam, otam O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shganidan faxrlanaman! Men o‘z nasabim bilan faxrlanaman!!! Va bilishingizni istardimki, qanchalar tuban va dag‘al yangaramasin, siz kabi kabi mening sharafimga jirkanch va qabih izohlar yozish uchun tili la'natga borgan haromzodalardan nihoyatda uyalaman, men O‘zbekistonni nafaqat istamayman, balki tag-tugi bilan o‘z hayotimdan sug‘urib tashlayman! Men asli SIZNING, ha aynan SIZNING respublikangizdan ekanimni unuting! Men SIZDAN emasman! Na dinim, na ko‘rinishim, na ruhim va na qalbim bilan hech qachon sizdan emasdim! Men erkin odamman! Mening vatanim — AQSh, Rossiya, Dog‘iston, Hindiston, Xitoy… Nima bo‘lsa bo‘lsin, faqat SIZ emas! Meni va oilamni tinch qo‘yinglar, o‘tinaman!!! Va xudo haqqi mening sahifamdan, o‘zingiz aytmoqchi «shaytondan» uzoqroq keting! Bu yerda sizga joy yo‘q «dindorlar»!».

Rassom Tuz o‘sha kezlarda boshqa bir holatni, rus jamiyati tomonidan ham Nargiz Zokirovaga nisbatan toqatsizlik ko‘rinishini o‘z mo‘yqalamida aks ettirgandi. Zokirovlar sulolasining kenja vakilasi Moskvaning Backstage restoranida bergan kontserti chog‘ida ikki ksenofob aëlning tajovuziga uchrab, yengil yaralangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 august 2025
2025–2026-o‘quv yili uchun Buxoro davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan kasbiy ijodiy imtihonlar yana bir bor O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari qanday ...
13 march 2017
Marxum prezident Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish qarorini izohlashni so‘rab, Eltuz nashri jamiyatshunos olim Baxodir Musaevga murojaat etdi. Bundan ilgari ...
5 july 2019
Yusuf Juma 1958 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tavallud topgan. Buxoro pedagogika institutini tamomlagan. Birinchi she'riy to‘plami «Haqiqatning oltin ...
30 november 2020
Nigeriyadan ikki qora tanlini olib kelib, uyi oldidagi konteynerga qamab qul qilganlik ayblovlari bilan yuzma-yuz qolgan 26 yoshli qo‘shiqchi, Siroj Boom taxallusi tanilgan Siroj ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...