Catira
31 august 2016

O‘zbekistonni Rustam Inoyatov boshqarmoqdami?

1995 yilning 26 iyunidan beri O‘zbekiston MXX raisi lavozimini egallab kelayotgan 72 yashar Rustam Inoyatov Karimov o‘rtadan ketishi bilan mamlakatni to‘lig‘icha o‘z nazoratiga olgani iddao qilinmoqda.

Joriy yilning 27 avgustigacha, ya'ni Karimovning miyasiga qon quyulguniga qadar, O‘zbekistonning so‘nggi 25 yili davomidagi mutlaq rahbari Islom Karimovgagina bo‘ysunib kelgan MXX idorasi va uning raisi qo‘lida asosiy boshqaruv richagi qolgani havotirlarga sabab bo‘lmoqda.

Toshkent aymog‘ining temir qo‘li

“Eltuz” suhbatlashgan O‘zbekistondagi mulozimlardan biri “MXXning Karimov nazoratisiz qolishi istalmagan salbiy oqibatlarga” eltishidan qo‘rqishini aytdi.

Shu o‘rinda MXX raisi Rustam Inoyatov shaxsiga to‘xtalsak.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati ichidagi yashirin guruh vakili ekani taxmin qilingan “siësatshunos Usmon Haqnazarov” Rustam Inoyatovning 1995 yil ëzida “kontora” tepasiga kelishini “Toshkent aymog‘ining hukumatdagi temir qo‘li Temur Alimov (hozirda marhum) ta'minlaganligini ëzgan edi.

Hozirga kelib, Rustam Inoyatov nafaqat KGB/MXX, balki mustaqil O‘zbekiston hokimiyat tizimlari tarixida o‘z kursisida eng uzoq o‘tirgan amaldor bo‘lib qolmoqda.

Yakkahokimlik uchun qurilgan idora

1991 yilning 26 sentyabri, O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e'lon qilganidan 27 kun o‘tib, Islom Karimov “O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekar ekan O‘zbekiston Oliy Kengashining 11- chaqiriq navbatdan tashqari 7-sessiyasida Toshkent shahar Kuybishev tuman Xalq deputatlari kengashi raisi Shuhrat Nusratovning e'tiroziga sabab bo‘lgan edi:

«Hurmatli deputatlar! O‘zbekiston Oliy Sovetining navbatdan tashqari 7- sessiyasi kun tartibiga qo‘shimcha masalalar muhokamasini kiritishni taklif etaman.

Birinchisi – O‘zbekiston prezidentining 1991 yil 26 sentyabr kungi “O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tashkil qilish to‘g‘risida” gi farmoni, xususan bu xizmatni Oliy kengashni chetlab o‘tib, shaxsan prezidentga bo‘ysundirish haqidagi qismini xalqqa qarshi, demokratiyaga qarshi, konstitutsiyaga qarshi, diktaturaga eltuvchi farmon sifatida bekor qilish. Bu farmonnning ikkinchi moddasini o‘qib beraman: “O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilsin va uning faoliyati prezidentga bo‘ysundirilsin”. Bunaqa qoida dunëning biror demokratik davlatida yo‘q, hatto dunëning biror totalitar va biror diktator mamlakatida ham xavfsizlik xizmati rasman, qog‘ozda bitta odamga bo‘ysundirilgan emas!

O‘rtoqlar, bu farmon bilan mamlakatning razvedka, kontrrazvedka idoralari barcha texnik asoslari va barcha eski ishlari bilan birga oliy xalq vakillik idorasi nazoratidan chiqarilib, faqat bir odam qo‘liga topshirilmoqda! Bu aql bovar qilmas ish! Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, o‘rtoqlar! Bunga yo‘l qo‘ysak, bizni 37-yillar taqdiri kutmoqda, buning uzoq muddatli oqibatlarini bugun hatto bashorat qilish ham mumkin emas. Ayniqsa, prezidentimizning boshvoqsiz tabiatini inobatga olsak, buning oqibatlarini tasavvur qilish ham qiyin!”

Shuhrat Nusratovning bu ogohlantirishidan 25 yil o‘tib MXX O‘zbekistonni o‘z ko‘lankada sheriksiz boshqarish bosqichiga o‘tgani vaziyat realligiga aylandi.

Tarkibi Mudofaa qurolli kuchlarinikidan ham ko‘proq

27 avgustdan keyingi vaziyatda MXX prezident nazoratidan holi ravishda avtonom ishlab turibdi.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatida qancha odam ishlashi haqida hech qanday ma'lumot yo‘q.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, bugun MXXning amaldagi ofitserlar tarkibi kamida 100 ming kishidan iborat, bu raqamga iste'fo va zahiradagi ofitserlar, bugun O‘zbekistonning har bir ko‘cha va mahallasida ishlaëtgan josuslar tarmog‘i kirmaydi.

Postsovet davlatlaridagi maxfiy xizmatlar tahlili bilan shug‘ullanadigan Rossiyadagi Agentura.ru agentligining ëzishicha, 2004 yilga kelib O‘zbekiston MXXsi tarkibi 1991 yilgiga nisbatan 26 baravarga oshgan va qurolli kuchlari va xizmatchilari soni jihatdan Mudofaa vazirligidan o‘zib, Ichki ishlar qo‘shinlaridan keyin ikkinchi o‘ringa chiqqan.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 november 2022
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizla mo‘chchi oybika ham ...
3 october 2018
Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga 2 oktyabrda kelib joylashgan Gulnora Karimova aslida boshqa odam bo‘lib chiqdi. «Eltuz» manbasining xabar berishicha, Dubayga ...
8 january 2026
1973 yilning 8 yanvar kuni sobiq Ittifoqning «Luna-21» avtomatik stantsiyasi Oy sari yo‘lga chiqdi. Uning asosiy vazifasi — Oy ...
22 may 2024
Eltuz portaliga yo‘llangan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi tinmasdan davom etmoqda. muammolar echimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan yopiq videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish, kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz. Dastlabki murojaat Sariosiyodan. Qabristonda daraxt kesganlarga chora ko‘rilmayapti. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...