Catira
23 may 2017

O‘zbek va tojik raxbarining Riëddagi uchrashuvi ko‘zlarni qamashtirdi

O‘zbekiston va Tojikiston orasida mina maydonlari zararsizlantirilmagan, vizali borish kelish bekor qilinmagan bo‘lsa ham, ikki davlat raxbarlarining Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan sammitdagi samimiy munosabati shoën diqqatga sazovor bo‘ldi.

«Do‘stlik, bag‘rikenglik, oliyjanoblik, mehr oqibat, samimiylikka nima yetsin! Axir biz musurmon xalqmiz! Do‘stliklari abadiy bo‘lsin ilohim, ko‘z tegmasin!!!!» deya yozdi Feysbuk yuzeri Baxor Mavlonavna.

Nodir Utkir bo‘lsa, Karimov davrida qo‘shnilar bilan munosabatning yomonlashganidan yozg‘irdi:

«Karimov kushni davlatlar bilan munosabatni yaxshilashni istamadi. Uning zamonida fakat karimovning fikri tugri edi. Shuncha muammo borligini mana Mirzieev tan oldi va muammolarni xudo xoxlasa yechimini topadi».

Tojik va o‘zbek prezidentlarining biri-birini bag‘riga bosayotganini ko‘rib Anjela Ziyaeva ham o‘z hissiyotlarini yashira olmadi. Uning butun umidi O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi vizaning bekor qilinishidan:

«Viza bekor kilinsa. Onojonimni xollaridan xavar olib navaralarini kuradilar opa-singillarning bolallari xam bir-birini taniydi dune turguncha yashang. Xurmatli Prizidentimiz» (orfografika saqlandi. Tahr.)

Emomali Rahmon Shavkat Mirziëevni, huddi Brejnev GDR rahbari Xonekerni quchoqlagandek, bag‘riga bosgani rassom Tuzning ham nazariga tushdi.

«O‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidentining Tojikiston prezidentiga munosabati qanchalik sovuq bo‘lsa, yangi o‘zbek rahbari Shavkat Mirziëevning Emomali Rahmonga munosabati shunchalik otashin!» demoqda rassom Tuz.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 november 2022
Asarlari millionlab dollarga sotiladigan zamonamizning eng taniqli tirik rassomi Benksi Ukrainaning Rossiya varvar bosqinchilari vayron qilgan Borodyanka qishlog‘iga atay ...
13 september 2018
«Navbatim yaqinlashgan sari tobora kuchayib borayotgan vahima butun vujudimni qoplab oldi. O‘ng oyog‘im tovoni zirqirab og‘riy boshladi…». Muhammad Bekjon ...
16 march 2020
1968 yili AQSh hukumati Vetnamga 35 mingdan 50 minggacha bo‘lgan askar jo‘natishga qaror qiladi. 16 mart kuni ertalab vetnam ...
19 july 2016
Rossiya imperiyasi olib borgan ishg‘olchi urushlar natijasida Markaziy Osiëdagi xonliklarga oid ulkan tuproqlar, o‘sha yerlarda yashagan “tuzemets”lar bilan birga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...