Catira
16 october 2017

Mirziëev Xivani ham “Yevroremont” qilmoqchi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev, Xiva shahridagi «Ichan-qal'a» muzey qo‘riqxonasi hududidagi «Paxlavon Mahmud» ziërat majmuasiga borganida, bu maskanning ta'mirlanishi yuzasidan buyruq berdi.

“Ilgari bu joylar tashlandiq maskanga aylanib qolgan”ligini aytgan Mirziëev Xivadagi “Sherg‘ozixon” madrasasi va Nurillaboy saroyi atrofida turistlar ko‘ngil ochishi uchun maskanlar qurishga amr berdi.

Ismi aytilishini istamagan xivalik muzey xodimi «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda “Mirziëevning “Paxlavon Mahmud” ziëratgohini ta'mir qilish ishtiëqidan qo‘rqaëtganini” bildirdi.

Unga ko‘ra, XVII asrda boshlanib 1913 yilda yakuniy qiëfaga ega bo‘lgan ziëratgoh YuNYeSKO tarafidan qo‘riqlanib kelmoqda va tashlandiq holatda emas:

«Bino yaxshi saqlangan, koshinlar va 1810 yilda Muhammad Rahimxon tarafidan qurilgan qismi ham ta'mirga muxtoj emas. Granit dahmalar ham juda yaxshi saqlangan. Buni faqat asli qanday bo‘lsa shunday qilib saqlash ya'ni konservatsiya qilish kerak. Nurillaboy saroyini ta'mir qilishganida barcha qadimiy narsalarni o‘g‘irlab sotib yuborishdi. Paxlavon Mahmud maqbarasi “evroremont” qilinishiga qarshiman», deydi muzey xodimi.

Suhbatdoshga ko‘ra, Mirziëevga noto‘g‘ri ma'lumotlar berilgan:

«Davlat rahbari o‘z gapini o‘ylab gapirishi kerak. Maqbara hech qachon tashlandiq bo‘lmagan. Har doim chet ellardan kelgan davlat delegatsiyalari ziërat qilib turgan. Shavkat Miromonovich maqbara ziëratida “Paxlavon Mahmud asarlarini o‘zbekchadan boshqa tillarga tarjima qilish kerak” dedi. Axir Pahlavon Mahmud o‘z asarlarini fors tilida ëzganku», deydi muzey xodimi.

Ta'mir bahonasida ëdgorlikning butunlay qayta qurilib tarixiylikdan mosuvo bo‘lgani borasida misollar ko‘p.

Toshkentlik general Jo‘rabek tarafidan 1897 yili qurilgan va “Jo‘rabek “ masjidi deya tarixiy ëdgorlik sifatida maxsus ro‘yxatga tirkalib, asrab kelinaëtgan masjid O‘zbekistonning marhum prezidentinining kenja qizi YuNYeSKOdagi O‘zbekiston vakili Lola Karimova -Tillaeva tarafidan “ta'mir” qilingani ortidan ëdgorlik o‘z tarixiy qiymatini yo‘qotgan edi.

Xivalik muzey hodimiga ko‘ra, “Nurillaboy” saroyi ham shu tariqa “ta'mir” bo‘lgan:

«Saroyning qadimiy eshigi, billur qandillari va lojuvard kaminlari bundan besh yil oldin boshlangan ta'mir paytida o‘marilgani yuzasidan o‘nga yaqin kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan», deydi muzey hodimi.

U «Nurillaboy» saroyi ënida bir yil ichida tantanalar uyi, amfiteatr, galereya va restoranlar barpo qilinishi shaharni qadimiy tarovatdan mahrum qiladi degan fikrda.

Muzey xodimi Shahrisabzda bo‘lgani kabi, Xivani ham zamonaviy binolar bilan to‘ldirish oqibatidan gapirdi:

«YuNYeSKO Shahrisabzni butunjahon merosi ro‘yxatidan chiqarmoqchi. Mirziëev sharofati bilan Xiva ham qadimiy shaharlar ro‘yxatidan chiqarilmasin», deydi muzey hodimi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 december 2020
Har juma yaqinlashgani sari ichimda bir orziqish his qilaman. Uzoq safardan uyga qaytgan odam o‘z yaqinlariga safar taassurotlarini aytib ...
12 november 2019
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tarkibiga kirish borasidagi pozitsiyasi qat'iy emasligini bildirib ...
2 september 2016
Prezident o‘limidan bir hafta o‘tib ham uning tirikligi, sog‘lig‘iga duoda bo‘lishga chaqiriqlar tingani yo‘q. Ayni ayuxannoslar fonida Islom Karimovning ...
23 may 2019
Las-Vegas – gunohlar shahri. Aholisi yarim million, daromadi kazino va qimordan keladigan bu shaharda bir nechta masjid bor, bugungi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...