Catira
13 march 2018

«Ozodlik» radiosi 65 yildan beri KGB nishonida

Bundan 65 yil oldin, 1953 yilning 18 mart kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi radiostantsiyadan o‘zbek tilida ilk bora mana bu so‘zlar yangradi:

«Ozodlik» radiosidan gapiramiz! «Ozodlik»dan gapiramiz! Assalomu alaykum».

U Sovet Ittifoqidagi o‘zbeklar uchun hozirlangan «Turkiston bir» loyihasi doirasida «Ozodlik» nomi bilan efirga uzatildi va birinchi eshittirishidan hozirga qadar o‘z nomini o‘zgartirmay kelaëtir. Bu nom o‘tgan 60 yil ichida butun dunyo o‘zbeklari biladigan taniqli brendga aylandi. (Radioning rus xizmati avvaliga «Osvobojdenie» nomi bilan ish boshlab, keyinroq «Svoboda»ga aylangan edi.)

«Ozodlik»ning o‘zbek xizmati ilk eshittirishlarida 1937 yilgi Stalin qatliomidan omon qolib, Yevropadan boshpana topgan o‘zbek oydinlari – Turkiston legioni tashabbuschi va yetakchilariga tayandi.

O‘zlarini Turkiston oydinlari deb bilgan vatandoshlar erk, hurriyat va inson haqlari haqidagi tushunchalarini ilk kunlardan boshlab «Ozodlik» mikrofoni oldida o‘qishdi.

“Eltuz” bilan suhbatlashgan xorazmlik pensioner Ilhom aka radiopriëmnik orqali o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida kunora «Ozodlik» eshitganini gapirib berdi.

Sovet O‘zbekistoni rahbarlari va DXQ (KGB) zobitlari ilk kunlaridanoq bu radio ovozini o‘chirish, muxbirlarini qo‘rqitish va terror qilishni boshladilar.

«Sovet O‘zbekistoni» gazetasida har haftada bir marta «Ozodlik» radiosi va unda chiqish qilaëtgan Boymirza Hayitga qarshi maqolalar chop qilinar edi.

1981 yilda radioning Myunxendagi bosh qarorgohida Ruminiya maxfiy xizmatlari tomonidan qo‘yilgan bomba portladi.

1995 yilda SSSRda “qayta qurish va oshkoralik” siësati boshlanganidan so‘ng bu xurujlar oqimi biroz susaygandek bo‘ldi.

1991 yilda O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin Islom Karimov boshchiligidagi rejim «Ozodlik» radiosiga qarshi tizimli kurash olib bordi.

Rasmiy matbuotda «Ozodlik»ka qarshi maqolalar muntazam chop qilinib turildi. O‘zbekiston MXX tizimlarida ishlagan sobiq zobitning «Eltuz»ga aytishicha, “Ozodlik»ka qarshi kontrtadbirlar maxsus bo‘linma tarafidan 1991 yildan to bugunga qadar amalga oshirilmoqda”.

Suhbatdoshga ko‘ra, bu tadbirlar doirasida “radio muxbirlarini josus qilib ëllash, ulariga qarshi obro‘sizlantiruvchi ma'lumotlar tarqatish, respublikadagi obro‘li kishilar nomidan radiodagi maqolalarga qarshi maqolalar uyushtirish” ishlari olib borilgan.

Suhbatdoshning yana aytishicha, «Ozodlik»da chiqqanlar monitoring qilingan va ularning radio bilan boshqa muloqot qilmasligi “ta'minlangan”.

2005 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi talabi bilan «Ozodlik» radiosi Toshkent byurosining ëpilishishi, MXX sobiq zobitiga ko‘ra, “konservativ kuchlar g‘alabasi“ bo‘lgan.

MXX sobiq mulozimiga ko‘ra, “2005 yildan tortib bugunga qadar «Ozodlik»ka qarshi kontrtadbirlar” davom etmoqda.

Mulozimning ishonishicha, “Karimov davrida birinchi shaxsga masjidda hamroh bo‘lishga izn berilgan va 2016 yilning 28 aprel kuni Yunusobod tumanidagi Mirza Yusuf jome' masjidiga imom-xatib qilib tayinlangan Rahmatulloh Sayfutdinov MXXdagi kuratorlari “tavsiyasiga ko‘ra juma va'zlari fokusini belgilaydi”.

2 mart kungi geylarning tug‘ilishiga oid va'zini ëritgan «Ozodlik» radiosini “munofiqlar radiosi”ga chiqargani va uning “janozasini” o‘qigani “MXX tavsiyasi” bilan bo‘lgan», deydi «Eltuz» suhbatlashgan sobiq mulozim.

«Ozodlik» radiosida so‘nggi paytda berilaëtgan “MXX korruptsioner mulozimlariga qarshi maqolalar kontora g‘ashiga tegaëtgani sir emas”, deydi sobiq mulozim.

Ayub Mingboev
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 december 2023
Yulduz Usmonovaning sobiq fuqaroviy eri, “Shayton” va “Gif” laqablari bilan mashhur yirik tadbirkor Farhod To‘laganov O‘zbekistondagi yagona “vor v ...
8 january 2026
20 mingga yaqin  noqonuniy yo‘llar bilan umraga yuborib anjanchasiga kiydirgan 13 aprs din tujjori qamag‘da. 42 yashar anjanlik xotin  ...
15 may 2023
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Germaniyadan kelgan xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvni bekor qildi. Uchrashuv oldindan belgilangan edi. Uchrashuvga ...
4 march 2021
Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi (FIDH)ning yangi hisobotida O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarning tovon puli olish huquqi odil sudlov o‘rnatilishiga o‘tish davri ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...