Catira
21 march 2018

Mirziëev 110 ta tovuq boqadi

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning tovuqlarni nega sevishi 20 mart kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumaniga borganida aniq bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmati tarqatgan videoda Shavkat Mirziyoev bosh vazir bo‘lganida ham, hozir ham tovuq boqishini aytgan.

«Mana, mening 110 ta tovug‘im bor. Har kuni qishin-yozin 50 tadan tuxum keladi. Qishloqqa tuxum yuboraman, qishloqdan qatiq bilan go‘sht keladi, bor tovog‘im, kel tovog‘im…», deydi prezident o‘zining oddiy odamlardek yashashiga urg‘u berib.

Shuningdek, har yakshanba kuni Mirziëev bola-chaqasi va kuëvlari bilan tovuqxonani tozalashi haqida gapirdi.

«Prezident bo‘lsang ham shox chiqmaydi. Har kuni mehnat qilishi kerak odam!» dedi Mirziyoev.

O‘zbekiston prezidenti bo‘lib saylanganidan bir oy o‘tib, 2017 yilning 14 yanvar kuni hukumat yig‘ilishida Shavkat Mirziëev «qishloqdagi kam ta'minlangan har bir oila 100 ta tovuq boqsin, kam ta'minlangan oila bo‘lmaydi», degan formulani o‘rtaga tashlagan edi.

Buning ortidan matbuotda tovuqlarga qasida ko‘paydi hamda Vazirlar Mahkamasi tovuqchilikni rivojlantirishga kirishib ketdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 fevral kuni e'lon qilingan hujjatida 4 million 200 ming oilaga tovuq boqish uchun kredit ajratish, qishloq aholisiga 85 ming jo‘ja yetkazib berish rejaga kiritilgani aytilgan edi.

2017 yilning mart oyida «Eltuz» kreditga olingan tovuqlarnining bir qismi o‘lgani, qolgani esa qaytarib berilaëtgani haqida ëzgan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 september 2022
Estoniya, Latviya, Litva va Polsha  19 sentyabrdan e'tiboran turistik Shengen vizasi bo‘lgan rossiyaliklarni mamlakatga kiritmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Ular ...
5 january 2024
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib, siz bilan birgaman. Yangi yilda sizlarning yuzingizga qarab, tabassum qilish ...
15 april 2020
Havo bugun ham buzuq. Kechasi yana yomg‘ir yog‘di. Tuni bilan bezovta uxladim. Nam havoga oyog‘im og‘ridi. Ko‘rgan tushlarim esa ...
22 october 2021
Hafta o‘tib yana siz bilan ko‘rishish nasib etdi. Mag‘rursiz, masrursiz va orangizda hayotga maftun, sevgidan majnun kishilar bor.   Bugun men 24 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...