Catira
13 april 2018

Toshkent militsiyasi soqol qo‘yish qonunga zid emasligini aytdi

Toshkentning Uchtepa tumani aholisi bilan 10 aprel kuni o‘tkazgan muloqotida IIV o‘rinbosari, Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘raev soqol qo‘yish yo qo‘ymaslik masalasiga to‘xtaldi.

«Bu yerda o‘tirgan barcha bu qonunchilik bilan taqiqlanmaganini tushunamiz. Xohlagan odam soqol bilan yurishi mumkin», — degan Rustam Jo‘raev.

Mulozimning soqol haqida gapirishiga, gazeta.o‘z nashriga ko‘ra, majlis qatnashchilaridan birining fikri sabab bo‘lgan.

So‘zga chiqqan uchtepalik soqol qo‘yish 18−35 yoshli erkaklar orasida keng urf bo‘layotgani haqida gapirgan.

«Agar bu bartaraf etilmasa, 2019−2020 yillarga kelib Toshkentdagi barcha yoshlar soqol bilan yuradigan bo‘ladi»

Uning bu fikri majlis qatnashchilarining bu gulduros qarsagiga sabab bo‘lgan. Bu iddao nega bunchalik olqishga sazovor bo‘lganini vazir o‘rinbosari tushunmagan.

Mulozimning fikricha, bu masala «bolalarga qanday tarbiya berilgani va madaniy jihatdan ular nimaga o‘rgatilgani»ga bog‘liq.

Soqol qo‘yishdan ham ko‘ra uning targ‘iboti bugungi kunda o‘zbek rasmiylarini ko‘proq tashvishlantirayotgan ko‘rinadi.

Chunki Uchtepada ayni yig‘ilish o‘tgan kuni, «Eltuz» nashrining o‘rganishicha, Musulmonlar idorasi kotibiyati mudiri Ulug‘bek Sultonov va uning ërdamchisi Mubashshir Ahmad ishdan olingandi.

Mubashshir Ahmad aksariyat soqol qo‘yish, hijobda yurish kabi holatlar targ‘ib qilingan Azon.o‘z nashrining muassisi ham edi.

Bundan ilgari, 29 mart kuni Senat yig‘ilishida, «Eltuz» nashri yozganidek, DXX raisi Ixtiyor Abdullaev O‘zbekistonga xavf solayotgan islomiy tahdid haqida gapirgan edi.

«Dinga berilgan erkinliklarni ayrimlar noto‘g‘ri tushunishi oqibatida diniy aqidaparastlikning kuchayib borayotgani namoyon bo‘lmoqda”, degan edi o‘shanda DXX raisi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 january 2026
Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi bir tadbirkordan «ishingdi bitkazib beraman» deb, 3 ...
23 may 2024
Buxorolik ishsiz, bo‘ydoq rijol Jasur Sultonov Telegram ijtimoiy tarmog‘ida «Qizlik olish detski», «1000% ishonchli», «Hijobli homilador», «Aylana videolar» nomli ...
26 march 2020
24 martdan boshlab hukumat qarori bilan koronavirus tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib e'lon qilindi. Virusga chalingani aniqlanganlar karantin manzillariga olib ...
17 march 2021
The Diplomat nashri O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayoni tahliliga bag‘ishlangan maqola chop etdi. Uning muallifi Corissa Steiner O‘zbekiston rahbariyati avval ham iqtisodiyotni xususiylashtirishni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...