Catira
29 june 2018

O‘zbek hukumati yakson qilgan Shahrisabz yodgorliklari YuNYeSKO ro‘yxatidan o‘chirilmoqda

O‘zbekiston hukumatining muttasil buzish va qurish ishlari tufayli tarixiy qimmatini yo‘qotgan Shahrisabz yodgorliklari iyun oxirida e'lon qilinadigan YuNYeSKO qaroriga ko‘ra, madaniy meroslar ro‘yxatidan o‘chirilishi mumkin.

26 iyun kuni YuNYeSKOning yillik anjumanida taklif etilgan O‘zbekistondagi tarixiy markazni ro‘yxatdan o‘chirish qarori yuzasidan ayrim davlatlar Mirziyoev hukumatiga muhlat berishni so‘rashmoqda.

YuNYeSKO umumjahon merosi markazi Shahrisabzdagi yodgorliklar buzila boshlagan 2014 yildan buyon o‘zbek hukumatidan obidalarning saqlab qolinishiga oid takliflarni kutib kelgan.

«Afsuski, o‘zbek hukumati bolalar maydonchasini ko‘chirish, ko‘cha chiroqlarini kamaytirish kabi arzimas choralardan nariga o‘tishmadi. Bu kabi foydasiz choralarni Umumjahon merosi markazi hech qachon ulardan so‘ramagan edi», degan nemis mutaxassisi Yens Yordan «Tsentraziya» saytiga ko‘ra.

Rasmiy Toshkent esa YuNYeSKO iddaolarini rad etishga urinib, tarixiy markazning faqat 10 foizi buzilganini iddao qilmoqda.

«Buzilishga tushgan ob'ektlar avariyaviy holatda bo‘lgan, suvsiz, gazsiz, elektrsiz va sanitariya holati abgor bo‘lgan uylardir», degan YuNYeSKO tadbiridagi chiqishida o‘zbek rasmiysi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, o‘zbek hukumati loyiha mualliflarining Shahrisabzga bergan “butkul vayron qilingan”, “qayta tiklab bo‘lmaydigan” kabi ta'riflarining yumshatilishini kutmoqda.

«Eltuz» nashri suhbatlashgan ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati shu paytgacha tarixiy yodgorliklarni o‘z holicha saqlab qolish o‘rniga, ko‘pincha ularni mutlaqo buzib tashlab, o‘rnida arzon qurilish materiallari yordamida uning zamonabob yaltiroq nusxalarini yaratish yo‘lidan bormoqda.

«Eski binolarni me'moriy restavratsiya qilish siridan bexabar qurilish shirkatlariga qadimiy binolarni ta'mirlash topshirilmoqda. Korruptsiya va o‘g‘irlik izlari esa shundoq ko‘rinib turibdi. Buni oddiy odamlar ham ko‘rib bosh chayqashmoqda. Oqibatda bizning ko‘z oldimizda beso‘naqay binolar, qo‘lbola restavratsiyadan chiqib badbashara qilingan obidalar qo‘qqaymoqda.

Ko‘rpaning tagini dunë deb o‘ylaydigan me'morlar-u, buzishdan zavq oladigan gerostrat mulozimlar qilmishi bois shaharlar va unda istiqomat qilaëtgan avlodning didi zarar ko‘rmoqda. Afsuski, kelajak nasllarning ham didi o‘tmaslashsin deya hamma ish qilindi», deya yozgan edi «Eltuz» blogeri Akmal Rizaev.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 october 2020
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning kichik majlislar zalida 3 oktyabr kuni o‘zbek kinorejessyori Jahongir Qosimov suratga olgan «Ibrat» filmining ...
16 october 2025
Ukrainaning Odessa viloyatida istiqomat qiladigan va umrida O‘zbekistonga kelmagan Ukraina vatandoshi Lyudmila Ginkulning iddaosiga ko‘ra, u  Farg‘ona aeroporti mulozimi ...
30 november 2017
«Paxta kampaniyasi» mehnat huquqi bo‘yicha ekspert Andrey Mrost tomonidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi: mehnatkashlar tashkilotimi yoki ishchilarni nazorat ...
28 december 2025
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...