Catira
25 january 2016

Hukumat e'tiboridan qolgan o‘zbek xalq artistlari

Madaniyat va sport vazirligi e'lon qilgan O‘zbekiston xalq artistlari ro‘yhat bilan tanisharkan, ularni hukumat istalgan va istalmaganlarga ajratganini sezish mumkin.

Xalq artisti Farruh Zokirov ham kiritilmagan vazirlik saytida e'lon qilingan ushbu ro‘yxatdan Sherali Jo‘raev, Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, Ortiq Otajonov va Bobomurod Hamdamov kabi xalq artistlari ham tushirib qoldirilgan.

Vazirlik saytidagi ro‘yxatning xalq artistlari bo‘limida faqat 10 nafar artistning nomini ko‘ramiz. Gulsanam Mamazoitova bilan boshlanadigan bu ro‘yxatga Zulayxo Boyxonova, Maxmud Namozov, Munojot Yo‘lchieva, Nasiba Abdullaeva, Ozodbek Nazarbekov O‘ktam Axmedov ismlari tirkalgan.
Ro‘yxatda Mardon Mavlonov va Soyib Niëzov kabi el tanimagan xalq artistlari borligi ma'lum bo‘ladi. Faxrli ro‘yxat so‘ngida G‘ulomjon Ëqubov ismi turibdi.

Vazirlikning hazili

So‘z ustalari bo‘limida qiziqchi Mirza Holmadov boru lekin Obid Asomov yo‘q.

O‘zbekiston xalq artisti Obid Asomovga yaqin manbalar Eltuz.com bilan suhbatda bu ro‘yxatni “vazirlikning hazili” deb atashdi.
Ro‘yxatning xonandalar bo‘limida Feruza Jumaniëzovani ham Lola Yo‘ldoshevan ham ko‘rmaymiz, Sherali Jo‘raevning ikki ashulachi o‘g‘li ismi ham ko‘rinmaydi.

Ro‘yxatda Ortiq Otajonovning o‘g‘li Ulug‘bek Otajonov ham yo‘q. Lekin Yulduz Usmonovaning qizi Nilufar Usmonovaning ismi bu ro‘yxatga san'atkor bilan vazirlik o‘rtasidagi murosa timsoli o‘laroq qo‘yilgandek tuyuladi.

Hukumat e'tiboriga sazovor bo‘lmaslik mavqei

Madaniyat va sport ishlari vazirligidagi Eltuz.com manbasining ta'kidicha “Vazirlik rasmiy saytiga kirmay qolgan qo‘shiqchilar unvonidan ayrilgani yo‘q, ular faqat e'tibordan qolgan” Vazirlik saytida esa bu ro‘yxatga to‘y buyurtmachilari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida, taniqli san'atkorlar, estrada guruhlari, boshlovchi va so‘z ustalarining telefon raqamlari ilova qilingani aytiladi.
Ro‘yxatda san'atkorlarning ismi, familiyasi, ma'murining telefon raqami yozilgan bo‘lib, tadbirlar, to‘yu tomoshalarni o‘tkazishga taklif qilish maqsadida bog‘lanish mumkinligi ta'kidlanadi.

Qodirov Sharofiddin
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 october 2025
1999 yili Londondagi IWPR nashri muxbiri sifatida Turkmanistonga safar qilib turkum maqolalar ëzgan edim. O‘sha paytda «Turkmanlar erkin yashamasa ...
29 july 2019
Urganch shahrining Ashxobod mahallasidagi uylari buzilgan va tovon puli berilmaganidan g‘azabga to‘lgan xalq g‘alayon ko‘tardi. Poytaxtdan zudlik bilan yetib ...
5 august 2024
Osh ustidagi Eltuzning navbatdagi yakshanba kungi podkasti O‘zbekistonda har bir xonadon uchun belgilangan 200 kvt ekektr limiti atrofida bo‘ldi. ...
1 march 2020
Gorbachyov davri yetishtirgan eng taniqli rus-sovet jurnalisti Vladislav Listev 1995 yilning 1 martida Moskvada otib o‘ldirilgan edi. O‘sha paytda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...