Catira
29 january 2019

O‘zbekistonga borsangiz, sizni 11 yil qamalish qismati kutadi

Vatanidagi yangi hukumatning «ochiq eshiklar» tashviqotiga maftun bo‘lib, tezroq mamlakatini ziyorat qilishga shoshilayotgan ekspatlar (muhojirlar – eltuz) buning oqibatini o‘ylashlari kerak.

O‘zbek rahbarlari uchinchi mamlakatlar orqali chet ellarda bo‘lib, chiqish vizasi tugaganidan keyin ham u yerlarda (hatto bu davrda O‘zbekistonga qaytmagan bo‘lishsa ham) yashashlari pasport rejimini buzish va chegaradan noqonuniy o‘tish sifatida qaralishi haqidagi yovuz bir qonunni bekor qilishni g‘aroyib bir tarzda «unutishdi». Buning uchun esa 11 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

Absurddek eshitiladi, shunga qaramay, bu yirtqich qoida hamon amalda. Bu Nepomnyashaya misolida namoyon bo‘ldi. Shu o‘rinda, sizning O‘zbekistonga boshqa mamlakat vatandoshi sifatida borishingiz yoki o‘zbek pasporti bilan kirishingiz ahamiyatsiz. Agar siz vatandoshlikni bekor qilish jarayonini amalga oshirmagan bo‘lsangiz (buni faqat mamlakatga qaytib borish bilangina uddalash mumkin), u holda sizga nisbatan O‘zR JK moddasi qo‘llaniladi, kelib chiqadigan barcha oqibatlari bilan.

Amalda esa siz ko‘rsatilgan moddalarga ko‘ra o‘zbek «huquq» posbonlari changaliga tushasiz. Ularga bir necha ming ko‘kidan qistirish yoki o‘qish va ishingizni davom etirish uchun yashayotgan mamlakatingizga qaytgach, o‘zingiz kabi ekspat yurtdoshlaringizni chaqishga yollanishga majbur bo‘lasiz. Ba'zan bir vaqtning o‘zida unisiga ham, bunisiga ham rozi bo‘lishga to‘g‘ri keladi.

Boz ustiga, bu mening fantaziyam yoki taxminim emas, balki tajribamda shaxsan o‘zim bilgan konkret holatlardir. Ayniqsa, bu tuzoqqa chet ellarda o‘qiyotgan o‘zbek talabalari tushishadi. Biroq yaqinda qabul qilingan vatandoshlar haqidagi qarordan so‘ng hozir tuzoqlar soni ham ancha ko‘paygan.

O‘zbek hukumatining «unutuvchanligi» tasodifiy hol emas: gizli xizmatlarning ishtahasi oshmoqda, ustiga-ustak, yuqoridan ham xorijda urchigan o‘zbek diasporasini poylash buyurtmalari tushmoqda. Xorijiy nashrlarning o‘zbek jurnalistlari O‘zbekistonga borishlari bilan ularni xo‘rak sifatida ishlatishlarini aftidan bilishmaydi. Mana, ko‘rib qo‘yinglar, ularni mamlakatdan surgun qilishgandi, endi esa hech muammosiz kelib-ketishmoqda. Agar Nepomnyashayaning qismati boshingizga tushishini istamasangiz, bu xo‘rakka ilinmang.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi
Alisher Ilhomov
Feysbukdagi sahifasidan
 Eltuz tarjimasi

Tag‘in o‘qing
30 may 2018
Xorazmlik shoir Mahmud Rajab va yana uch nafar shaxs 29 may kuni viloyat prokuraturasiga chaqirildi. Maxmud Rajab «Eltuz» muxbiri ...
25 october 2016
Chaqimchilik va tirikchilik O‘zbekistonda bir-birining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Bu endi birgina militsiya, MXX yoki ularga ishlaydigan maxsus ayg‘oqchilar, ...
30 october 2023
Mirziyoevning Qashqadaryoga tashrifi oldidan paxta terimi bo‘yicha Qashqadaryoda reja bajarilgani haqidagi ma'lumot aslida qo‘shib yozilgani aytilmoqda. Qashqadaryo viloyati paxta ...
22 september 2017
Izoh sizdan… Rassom Tuz Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...