Catira
2 december 2025

Jumanazar («Friday eyes»)

U maxsus skafandr shaklidagi durbin va blutuz ërdamida durbinni dastaklaydigan telefon apparatini temir chelakka tashladi. Ortidan maxsus dastur ëzilgan laptopni ham chelakka irg‘itdi. Ustidan skipidar quyib gugurt chaqdi.

Yaxshi ënsin deb eski gazetalarni ham chelakka tashadi. Sassiq qora tutun chiqdi.

Ammo qahramonimizning ko‘ngli xotirjam edi. U Ramshteyn qo‘shig‘ini hushtak qilib kuylab qo‘lini cho‘ntagiga solib ko‘chaga chiqib ketdi.

Endi u bemalol yurar, havotir va tahlika uni tark etgan edi.

Qahramonimiz bo‘lgan bu yigitning oti Yo‘lchi. Onasining aytishicha, Singapurdan Toshkentga uchaëtgan uchoq ichida tug‘ilgani uchun uchoq kapitani shunday ot qo‘ygan. Ko‘rinishidan botanikka o‘xshash Yo‘lchi avvaliga Shovotdagi matematika internatida o‘qidi. Keyin Varshavada amaliy matematika bo‘yicha institutning optik fizika bo‘limini tugalladi.

21 ëshida tunda ko‘radigan durbinlarni takomillashtirish bo‘yicha NATOdan buyurtma oldi.

AQShning Nyu Meksika shtatidagi Albukerke shahridagi Pentagon labarotoriyasida ishladi. Toshkentdagi onasi kasal bo‘lib ëtib qolganida o‘z hisobidan uzoq muddatli ta'til olib Toshkentga keldi.

Kelganining uchinchi kuni Koronavirus vasvasasi boshlandi. O‘sal bo‘lib ëtgan onasi boshida o‘tirgan Yo‘lchi zerikkanidan virusni ko‘radigan durbin ustida ishlay boshladi.

Koronavirusning 20 ta turi bor ekan. Virusolog olimlar bilan ëzishib o‘zi uchun kerakli ma'lumotlarni oldi. Durbin prototipi bir haftada tayër bo‘ldi. Tayër bo‘lgan kuni juma edi. Durbinga o‘zbekcha «Jumanazar» inglizcha «Friday eyes» deb nom berdi. 

Tashqi ko‘rinishidan u 3D kinolar ko‘rish uchun yuzga taqiladigan skafandrni eslatardi. Yo‘lchi koronavirusni qizil rang bilan markirovka qildi. Tuberkulëz, zarg‘aldoq, ebola, yashil, o‘lat, moviy ichterlama esa sariq rangda edi. Qolgan viruslar kulrangda belgilandi.

Shanba kuni Yo‘lchi durbinni kiyib uyni ko‘zdan kechirdi. Koronavirus yo‘q edi. Ammo minglab boshqa viruslar bor edi. Yo‘lchi virusologiya instituti tarafga qarab ko‘zida durbin bilan yura boshladi.

Eshik tutqichlari, daraxtlar devorlar va eng dahshatlisi havoda minglab viruslar bor edi. Bu viruslar odamlar kiygan niqoblardan bemalol o‘tib ularning burun va tomoqlari orqali kirib butun a'zoiy badanini qoplagan edi. 

Igna uchiday sathda ikki millon virus baqrayib o‘tirganini ko‘rgan Yo‘lchi dahshatga tushdi. Yo‘lchi qo‘rqib ketib uyiga qaytdi.

Ertasiga yakshanba kuni ertalabdan durbinni taqib elektr skuterga o‘tirib Yunusobod tarafga yo‘l oldi. Interkonti mehmonxonasida uchrashuvi bor edi. Yo‘lchi interkonti mehmonxonasining koronavirus bilan to‘lib toshganini ko‘rib o‘takasi ërildi.

Shu kecha uxlay olmadi. Oila do‘sti bo‘lgan professor uni eshitib ko‘rib paranoyal shizofreniyaning ilk alomatlari bor degan diagnoz qo‘ydi.

Keyingi bir hafta ichida Yo‘lchi butunlay vosvos bo‘lib qodi.

Uxlay olmas, uxlaganida viruslar unga qarab mo‘r malaxday ëpirilganday bo‘laverardi.

«Jumanazarning ko‘zini o‘yish kerak» degan qarorga keldi. Dushanba kuni u barcha ashqoldashqollarni ëqib yuborish uchun temir chelakni hovliga olib chiqdi.

Rassom TUZ

Tag‘in o‘qing
11 january 2022
Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Shuhratovichga sabr tilaymiz. Chunki uyni o‘g‘ri ursa, buyam bitta musibat-da. Joriy yil 4 yanvar ...
28 november 2018
2009 yilning avgustida dizayner, shoira, qo‘shiqchi, diplomat va “O‘zbekiston malikasi” sifatida dovrug‘ qozongan Gulnora Karimova dunyoga mashhur rossiyalik kutyurelardan ...
17 april 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevning Qirg‘izistonga tashrifi paytida unga suiqasd qilishda ayblanib, 15 yilga qamalgan 30 yashar Dostonbekning otasi Xursandbek ...
29 march 2021
Avtomobilda otvyortka borligi uchun haydovchi avtomobili Yo‘l- patrul xizmati xodimi tomonidan tintuv qilingani ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. 23 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...