Catira
28 april 2020

Til to‘g‘risida gapirganning tilini sug‘urishmoqchi

Davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga jarima solishni ko‘zda tutgan qonun loyihasi O‘zbekistonda yashovchi rus tilli aholining kamsitilishi sifatida talqin qilinmoqda. 

Rossiyaning Regnum nashri «O‘zbekistonda davlat organlarida rus tilidan foydalanganlik uchun jarima belgilanadi», deb yozdi.

O‘zbekistonda qayd etilgan rus tilidagi «Vesti.uz» cayti esa «O‘zbekistonda Pushkin tili uchun jarima qo‘llashmoqchi», degan maqolani chop qildi.

Rus tilidagi saytlarda chop etilgan shu hildagi maqolalar atay yoki tushunmaslikdan yangi qonun loyihasi mazmunini buzib ko‘rsatmoqda.

Adliya vazirligi saytida muhokama uchun chop etilgan «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi mutlaqo davlat muassasalari va tashkilotlariga taalluqlidir.

Ya'ni agar davlat tashkilotining mansabdori o‘zbek tilida ish yurita olmasa, unga jarima qo‘llanishi mumkinligi ta'kidlangan.

Davlat amaldoridan davlat tilini bilishni talab qilish dunyodagi barcha mamlakatlar uchun tabiiy holatdir va agar yangi qonun loyihasi qabul qilinsa, joriy qilinadigan jarimalar O‘zbekistonda davlat amaldorlarining o‘zbek tilini o‘rganishlarini tezlashtiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 march 2019
Tarixchilarimiz o‘tmish qadriyatlarini mumkin qadar qadimiylashtirishni yaxshi ko‘rishi sir emas. Qadimiylik, ming yillar haqidagi ta'kidlarni o‘ylamay, hech bir faktsiz ...
1 august 2025
Chexiya Davlat veterinariya boshqarmasi  Praganing “Jijkov”mavzesida joylashgan o‘zbek restoranidan 300 kilogrammga yaqin potentsial xavfli go‘sht va sut mahsulotlarini topgan.  ...
27 december 2025
Furqat tumani IIB xodimlarining o‘zlarini sharmanda qilib chiqargan  videosiga Gulira'noning o‘zi izoh berdi.
20 april 2023
Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish.  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...