Catira
24 october 2023

Rassom Tuz: MTRKdan «Zig Xayl!!!»

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi TV katta muharriri Muhiddin Sulaymonov Gitler fashizmi tarafdori ekanligini ëzib chiqdi.

U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Gitler suratini joylab: «Bu odam yaxshi ish qilgan ekan,» deb ëzdi.

U joylagan suratga ilova qilingan matnda irqchilik, genotsid va antisemitzm olqishlangan.

Bundan oldin O‘Z MTRKning sobiq suxandoni, hozir diniy propaganda bilan shug‘ullanaëtgan Abdukarim Mirzaev Gitlerni ulug‘lab post qoldirgandi.

Eltuz sal oldin O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (MTRK) tizimidagi korruptsiya ko‘lami haqida ëzgandi.

Ammo O‘zbekiston aholisi fikru o‘yini shakllantirishni maqsad qilgan bu idoradagi jurnalistlarning O‘zbekiston konstitutsiyasi va qonunlarida qoralangan irqchilik va fashizmnng ochiq tarafdori ekani haqidagi bu fakt bizni taajjubga soldi.

Bezbetlarcha fashizm dohiysi Gitlerni ëqlab chiqqan redaktor Muhiddain Mahmudjonovich O‘zbekiston Milliy Universitetini xatm qilgan ekan.

Demak, bu plintusdan past irqchi universitetda tarix darsini o‘qimagan. Yana ham to‘g‘rirog‘i Universitetning o‘zida o‘qitish bilan muammo bor.

Eltuz tahririyatini fashizm targ‘ibotchisining MTRK tarkibiga qanday kirib qoldi degan savol qiziqtiradi.

Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, MTRK maishiy buzuqlik¸ ta'magirlikni kasb qilganlar bilan birga diniy ekstremizmni ëqlaydigan, Rossiya bosqinchiligini oqlab Putin va Gitlerga sajda qiladigan ma'naviy tuban va mavjud konstitutsiya dushmanlari bilan to‘lgan.

Aynan MTRKning viloyat tizimi raxbarlaridan biri o‘z xisobchisi bilan TV binosida besoqolbozlik bilan shug‘ullangani uchun qamalgan edi. MTRKda ishlagan o‘nlab xodimlar turli yillarda poraxo‘rlik, nomusga tegish, diniy ekstremizmda ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Tag‘in o‘qing
1 september 2020
Islom Karimovning qarshiligiga qaramasdan, 1990 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston parlamenti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Lekin bu ...
23 august 2025
Transport vaziri Ilhom Mahkamov ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Ozarbayjon va Turkmanistondan parom sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu davlatlarda kemacozlik ...
30 november 2025
Butun O‘zbekiston shu kunlarda zaharli xavodan aziyat chekayotgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Qo‘qonboy mahalla ahli yillar davomida zahar ...
25 january 2025
Qashqadaryoning Kitob tumanida tug‘ilib o‘sgan 49 yoshli Umid Miraliev bir kun kelib bloger bo‘lib haqiqatni ëzarman deb o‘ylagandir ammo ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...