Catira
22 november 2024

Davlatchilik taqozosi

Konfutsiydan shogirdi “eng muhim narsa nima?” deb so‘radi.

«Davlat hammadan muxim,» dedi Konfutsiy

«Chunki davlat yo‘l quradi, bu yo‘ldan dinsiz ham dindor ham, boy ham gado ham yuradi. Davlat boylardan soliq olib qashshoqning ochdan o‘lmasligini ta'minlaydi.»

Shogird tushunmadi. Shunda Konfutsiy o‘z aravasida turgan ëyni qo‘liga olib tushuntirdi.

«Mana ëy. Ëyning tepasini boylar deb atasak. Pastini esa qashshoqlar desak.»
Shundan keyin Konfutsiy ëyning tepa qismidagi ipni qayta bog‘lab ikkki santimetrga kamaytirdi.

«Nimani ko‘rding» dedi u shogirdga.

«Ëyning tepa qismi ikki santimetrga pasaydi va past qismi ikki santimetr ko‘tarildi» dedi shogird.

«Xuddi shunday. Ming oltini bo‘lgan boyning ikki oltini kamaysa uning haëti deyarli o‘zgarmaydi. Ammo ikki oltin kambag‘al odam yashamini tubdan o‘zgartiradi. U kasal bolasini davolatadi, chakka o‘tgan tomini yamatadi va et olib, qozon osib sho‘rva ichib yuziga qizil yuguradi. Bu qashshoq o‘sha kamonning past qismi edi. Ikki santimetr ko‘tarilganida ahvoli ancha yaxshilandi»

«Buning davlat bilan nima aloqasi bor?» deb so‘radi shogird.

Chunki, dedi Konfutsiy, kamonni egish huquqi davlatda bor. Agar davlat boshidagi odam faqat o‘z kursisida mahkam o‘tirishni o‘ylab el ulusni unutsa undan ëmon ot qoladi»

Konfutsiy qissasidan hissa nima?

Mana Karimov ham o‘ldi, bu toju taxt unga vafo qilmadi. U odam zolim, despot, lavozimni konstitutsiyaga zid tarzda egallagan degenerat sifatida tarix axlatiga uloqtirildi. Afsus, O‘zbekiston iqtisodini cho‘ktirdi. Oddiy konvertatsiyaga ham erisha olmadi. Xotini, qizlari, kuëv va qarindoshlari mamlakatni tinimsiz o‘g‘irlashdi.

Korruptsiya va bedodlik Karimov davrida avj bo‘ldi. OVIR, chiqish vizasi degan Shimoliy Koreyaga o‘xshash zulm tizimlari Karimov davrida mukammallashdi. Ëzuvchi Emin Usmon Karimov zindonida urib o‘ldirildi. Karimov erkin matbuotni va umuman mamlakat siësiy haëtini paralich qildi. Undan ëlg‘onlar ustiga qurilgan saltanat qoldi.

Hozirgi rahbarlar bundan saboq olishi kerak. Chunki davlatchilik shuni taqozo qiladi.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
9 november 2017
Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan yakshanba kuni Toshkentdagi bir qancha shifoxonayu poliklinikalar xodimlari Sergelida yangi qurilayotgan uylar oldini tozalash, ularni tartibga ...
15 december 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini qishloq xo‘jaligidagi ko‘zbo‘yamachilik, ...
13 march 2025
Germaniyadagi inson huquqlari bo‘yicha “O‘zbekiston forumi” ( Uzbek Forum for Human Rights) mamlakat paxta sektorida banda bo‘lgan fermerlar faoliyatiga ...
3 october 2018
Davlat statistika idorasi 1 oktyabrda e'lon qilgan hisobotiga ko‘ra, sentyabr oyida tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1¸8 foiz ko‘tarilgan. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...