Catira
25 november 2025

Postkolonial isitma: O‘risdan ham o‘risroq bo‘lish!

SSSR tarixidagi o‘zbek rahbarlardan biri Rashidovning nutqlarini eshitib ko‘ring. Yutubda bor. Aktsent bilan gapirgan o‘rischani. 

Undan keyingi avlod uchun «aktsent bilan gapirish» isnod edi. O‘risdan ham o‘risroq bo‘lgisi kelgan avlod xotirasi genlarda yashayapti. 

Men umuman propagandist o‘rislarni O‘zbekistonga kiritmaslik tarafdoriman. Bezrukovni ayiq yesa «osh bo‘lsin» deyman. Lekin Bezrukov «go‘riston mudiri o‘rischani bilmaydi va Beliy degan so‘zni aktsent bilan aytdi» deganida bir haqorat ko‘rmadim. Oddiy yumor. Yo‘l hikoyasi. 

Ammo biz kabi o‘risga sodiq qullarga «o‘rischani bilmaysan deyish bu ulkan bir fojea. Masalan, deylik, kimdir ingliz tilini ëmon ëki xato gapirsa indalmaydi. 

Lekin kimdir o‘rischani xato gapirsa ëki ëzsa mustamlakachilar tarbiyalagan elita ëtib olib ustidan kuladi, «nahotki subbota bilan shestnitsani adashtirsa» deya. 

Men bu vog‘irdini «Postkolonial isitma» deb bilaman. Oldinroq tarmoqdagi rusiyzabon kulturniy svolochlar bitta o‘ris tili mallimni sazoyi kesakbo‘ron qilishgandi. 

Bir ikkita qushni atini aytganda o‘rischasiga tili kelishmadi deb. 

Bitta chet yurt odami 12 yil Harvardda o‘zbek tili o‘qib kelib Toshkentdagi TVga chiqib, «meniki senikinini sivadiy. Meniki uzbekish langvich biladiy» deb chuldirasa, «voy jallab, o‘zbekchani suv qib ichvoribdi. Ingliz odam o‘zbekcha gapirvottiya» deb konchat qib tashashadi. Hech kim bu tog‘a o‘zbekchada xato qildi demaydi. 

Ëki havo yo‘llaridagi styuardessa o‘zbekchani buzib gapirsa ëki qandaydir xalq arts Rayhon nixxuya o‘zbekcha bilmasa u nikogo net delo. Ammo, Xido ko‘rsatmasin, qaysidir o‘zbek o‘rischa ëzaëtip bitta myagkiy znakni tushirip qoldirsa, hamma rasmga olib, «xato qipti» qotinglar deb dumalaydi. 

Bir marta Sobchak opa «o‘zbeklar pushkinni o‘qimaydi» deganda qanaqa dodlashgan «biz etammattan kechgacha Pushkin xatm qilamiz» deb. 

Men o‘rischada aktsent bilan gapirsam, o‘ris tili professori e'tibor qilmay gaplashib o‘tiraveradi. Omo lekin ënimda yana bir rusiyzabon kulturniy svoloch bo‘lsa qiëmat qoyim bo‘ladi. 

«Oka uzru. No v slove «jerló» dopuskali oshibku v udarenii. …» deyishadi. Ya'ni zarbani «e» ga emas «o» ga berish joiz ekan. 

Zarbani senga berish kerak chulchut. Umuman, 35 yildan beri yashaëtgan o‘rislar o‘zbekchani qachon o‘rganadi?

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
13 april 2024
10-aprel kuni Bo‘rijar kanalining Toshkent shahri Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida uch kishi, jumladan 5 yoshli bola va uning onasi ...
14 april 2017
Ko‘lankadagi o‘zbek millioneri 2010 yilda bir muddat qamalganidan keyin g‘oyib bo‘lgan «Paxtakor» futbol jamoasi va “Kapital-bank”ning sobiq egasi 51 ...
3 september 2016
O‘zbekiston musulmonlar idorasi toshirig‘i bilan respublikaning barcha masjidlarida Toshkent vaqti bilan 13 dan 20 daqiqa o‘tganida Islom Karimovning janozasi ...
9 november 2023
Qadrli muhlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktubi va bitta rasmiylar munosabatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...