Catira
11 december 2025

Rahmatjon Qo‘ldoshev: Karimov yovuz edi

Kariimovni faqat diniy ekstremizm bilan kurashgan deyishadi. Yo‘q, unday emas, u hokimiyatga kelgan kunidan boshlab dunyoviy muxolifat, ziyolilar, erkin fikrli insonlarga g‘azabini sochgan, juda qatttiq tsenzura o‘rnatgan, matbuot tashviqot quroliga aylangan. 

1999-yilgacha diniy guruhlarga qattiq tegmagan, asosan muxolifat va ziyolilar bilan kurashgan. 

Nechta erkin fikrli ziyolilarni universitetdan haydagan. 

Karimov o‘z hokimiyatini yaxshi ko‘rardi, boshqa hech narsani. 

Karimov kabi diktatorlar tarixda ko‘p o‘tgan va hammasi keyinchalik qoralangan. Faoliyati taxlil qilingan. Karimov diktaturasi yangilik emas. 

Men dinga aloqasi yo‘q o‘nlab qamalgan faollarni bilaman. 

Qiynoqlar dahshatli tus olgan. 

U mutloq diktatura o‘rnatish uchun hamma ishni qilgan. Matbuot Karimov shaxsini ulug‘lashga safar etilgan. Ya'ni Stalin davridagi kabi siyosiy diktaturani o‘rnatgan. Minglab odamlar siyosatdan havfsirab horijga chiqib ketdi. 

Karimov siyosatini yaxshi biladiganlar uning faoliyatiga baho bersa bo‘ladi. 

Hatto vazirlar qamalib qolishdan qo‘rqib yashagan. 

Iqtisod vayron bo‘lgan. Ammo matbuot O‘zbekistonni jannat deb atashdan uyalmagan. 

Mana, hozir bir qadar erkinlik bo‘ldi, gaplarimizni qo‘rqmay gapiryapmiz. 

Karimov davri qo‘rquv davri edi.

Tag‘in o‘qing
30 october 2017
Islom Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva instagram sahifasida so‘z erkinligi insonlarning eng muhim huquqi ekani haqida yozdi. Bu huquqqa ...
19 january 2017
Eltuz nashri jurnalist Shamsiddin To‘laganovning Milliy havfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov iste'fosi haqidagi maqolani chop etishi ortidan Respublika telekanali ...
7 november 2016
Ayrim siyosiy partiyalarning nashrlari siyosiy hushyorlikning yorqin namunasini namoyon etdi. «Adolat» partiyasining shu nomdagi gazetasi (4.11) ilk sahifasini saylovchilarni ...
7 august 2020
Uzoq ko‘rmagan va siz uchun aziz bo‘lgan yaqiningiz eshikni qoqmasdan ochib kirib, qarshingizdagi stulga kelib o‘tirdi. Siz unga qaraysiz, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...