Catira
7 january 2026

O‘zbekistonning badavlat otarchilari nega maktab qurmaydi?

Tarmoqda tarqalayotgan uzunquloq gaplarga ko‘ra, turk pop-musiqasining tirik afsonasi Tarkan taxminan 22 million dollarni o‘zi tug‘ilgan joy  –  Sivasda 30 mingdan ortiq bola uchun zamonaviy maktablar qurilishiga xayriya qilib yuboribdi. Xabar rostmi yoki yolg‘onmi, oshirib-toshirilganmi  – bunisi mavhum. Har holda roviylar shunday mujda bermoqda. Ammo bitta gap aniq: Tarkan katta mablag‘ni ta'limga beg‘araz yo‘naltirdi. Aytilishicha, bu mablag‘ 15 ta yangi maktab, laboratoriyalar, kutubxonalar va sport zallarini barpo etishga sarflanadi.

“Marsdan tushganmi, nima balo, bu artist?”, – deya yozdi o‘zbek blogerlaridan biri. Albatta, xabar millionlab o‘zbeklar uchun aql bovar qilmas holat. Xo‘sh, bizdagi ashincha artislar nimaga maktab qurmaydi? Mikrofon ushlagan biror o‘zbek otarchisi, ta'lim dargohiga borib hech bo‘lmaganda maktab tualetini ta'mirlab berganini ko‘rmadik. Balki qilgandir, riyo bo‘lishidan cho‘chib aytmagandir. Lekin to‘y-maraka talashadigan, dabdabada bir-biri bilan bellashadigan, bir osh bersa 70 mahallaga maqtanadigan o‘zbek otarchilari maktab qurib yoki millionlab pullarni ta'limga shundoq yashirin berib yuborishi mumkin emas. 

Masalan, O‘rta Osiyo primadonnasi, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Falastindan olib kelingan faqirlarga qo‘shshalab uy berganini “Zo‘rTV”da jar solib e'lon qildi. Ana o‘shanda, bu saxiylikni zangori ekran orqali ko‘rgan yuzlab uysiz o‘zbeklar ”bizda uysiz kammi..?” , deya yutinib, ko‘ziga yosh oldi. 

Yoki “O‘rta Osiyo pop-divasi” degich nomni o‘ziga yopishtirib olgan Ozoda yillar oldin Sardoba fojiasi jabrdiydalariga qo‘shshalab uy berganini o‘sha vaqtda  tarmoqlarda ovoza qilgandi. Aytib-aytib, ovoza bilan uy ehson qilgan otarchilar maktab quradiyu, birov bilmay qoladimi? 

Bu kabi mantiqsiz ehson ulashadigan maqtanchoq otarchilarni uzun ro‘yxat qilsak, vohadan vodiy  perevaligacha borishi tayin. Hoji ona Yulduz Usmonova Falastindan kelgan faqirlarga uy berdi. O‘zbekistonda uysiz qashshoqlar yo‘q edimi? 

Voha tomonga o‘ting – uy olaman deb bola-baqrasi bilan ijarama-ijara sarson yurgan xotinlar bisyor. Ozoda va Yulduz “troynoy” hoji onaning namoyishkorona ehsonini bir jihat birlashtiradi. Ikkisida ham samimiyat yo‘q. Har ikki holatda ham otarchilar o‘ziga ochko ishladi: olqish oldi, hukumat ko‘ziga yaxshi ko‘rindi.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
24 march 2025
So‘ngida Turk xalqi uyg‘ondi. Tek millat o‘laroq butunlashdi. Haqsizliklarga, xalqning qonini ichib nonini yarimta qilaëtganlarga¸ yo‘qsillashtirib qashshoq qilgan adolatsizlikka ...
30 january 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 40-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) “Erkni istagan ruh ...
4 june 2016
Mashxur o‘zbek xonandasi, Rossiyaning «Golos» shou yulduzi Nargiz Zokirova (44) 2 iyun kuni o‘zining italiyalik eri Filipp Baltsano bilan ...
22 november 2018
SSSRning qudratli KGB idorasi jinoyatlarini fosh qilgani uchun xalq orasida» Rembo» laqabini olgan va o‘n yilga qamalgan o‘zbek militsiyasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...