Vaqt mashinasi
21 december 2025

21 dekabr – «Oqbilak va yetti gnom» ilk to‘liq metrajli multfilm

1937 yil: Uolt Disneyning birinchi to‘liq metrajli multfilmi — «Oqbilak va yetti gnom»  (Snow White and the Seven Dwarfs) premerasi bo‘lib o‘tgan. Bu multiplikatsiya olamida inqilob yasagan.

«Oqbilak va yetti gnom» (Snow White and the Seven Dwarfs) nafaqat multfilm, balki kino san'ati tarixini o‘zgartirib yuborgan ulkan loyiha bo‘lgan. O‘sha paytda ko‘pchilik bu g‘oyaga shubha bilan qaragan, biroq natija kutilganidan ham a'lo bo‘lgan.

Loyiha ustida ish boshlanganda, Gollivudda uni «Disneyning telbaligi» deb atashgan. Sababi, o‘sha paytgacha hech kim tomoshabin 1,5 soat davomida ekrandagi chizilgan qahramonlarga qiziqib, ular bilan birga kulib yoki yig‘lab o‘tirishiga ishonmagan. Hatto Uolt Disneyning rafiqasi Lilian ham: «Bu filmga hech kim bir tiyin ham to‘lamaydi», deb o‘ylagan.

Film yaratilishi uchun 3 yildan ortiq vaqt va o‘sha davr uchun juda katta mablag‘ — 1,5 million dollar sarflangan (bu dastlabki byudjetdan 6 baravar ko‘p edi). Disney muhandislari tasvirga chuqurlik va hajm berish uchun maxsus kamera yaratishgan. Bu multfilmda makon (prostranstvo) huddi real hayotdagidek ko‘rinishini ta'minlagan.

Har bir kadr qo‘lda chizilgan va bo‘yalgan. Personajlarning harakatlari tabiiy chiqishi uchun haqiqiy aktyorlarning harakatlaridan nusxa olingan (rotoskoping).

Kutilmagan muvaffaqiyat

1937 yil 21 dekabrda Los-Anjelesdagi «Carthay Circle Theatre»da bo‘lib o‘tgan premeradan so‘ng, zal aktyorlar va mashhurlarning gulduros qarsaklariga to‘lib ketgan.

Film qisqa vaqt ichida 8 million dollar foyda keltirib, o‘sha davrning eng kassabop ovozli filmiga aylangan.

Ushbu daromad evaziga Uolt Disney Berbankda (Kaliforniya) o‘z studiyasini qurishga muvaffaq bo‘lgan.

1939 yilda Uolt Disney ushbu multfilm uchun maxsus «Oskar» mukofoti bilan taqdirlangan. Mukofot juda ramziy bo‘lib, u bitta katta va yettita kichkina «Oskar» haykalchalaridan iborat edi. Uni Disneyga yosh yulduz Shirli Templ topshirgan.

Aynan «Oqbilak»ning muvaffaqiyatidan so‘ng «Pinokkio», «Fantaziya», «Bembi» kabi klassik asarlar dunyo yuzini ko‘rdi. Bu multfilm animatsiyani shunchaki «bolalar uchun ermak» darajasidan yuksak san'at darajasiga ko‘tardi.

Tag‘in o‘qing
3 december 2025
Moskva plenumi aks sadolari 1989 yilning 17-19 yanvar kunlari Moskva shahrida Sovet Ittifoqi Yozuvchilari Soyuzining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi. ...
2 december 2019
Qirg‘iziston milliy tasviriy san'at muzeyi direktori Mira Jangaracheva feminnale ko‘rgazmasini tashkil qilgani uchun ishdan olindi. Bu holatni qirg‘iz matbuotiga ...
7 may 2024
7 may Radio kuni sifatida nishonlanishini hali sovet davrlaridanoq bilar edim. Ammo 7 may otalar kuni ekanini Germaniyaga hijrat ...
18 february 2020
Joriy yilning 17 fevral kuni prezident Mirziyoev rossiyalik xokkeychilar Valeriy Kamenskiy, Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov va Aleksey Jamnovga Toshkent ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...